Joʻrauzum
Qiyofa
(Jo'rauzumdan yoʻnaltirildi)
Joʻrauzum — kechpishar xoʻraki uzum navi. Hoz. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida Nimrang va Pushti Toifi navlarini chatishtirib chiqa-rilgan (A.M. Negrul va M.S. Juravel). Tupi kuchli oʻsadi. Guli qoʻsh jinsli. Bargi oʻrtacha, besh boʻlakli, arra tish-li, barg bandi uzun. Uzum boshi katta (oʻrtacha vazni 500—550 g), sershingil, gʻujumlari yirik, tuxumsimon, och yashil. Poʻsti qattiq, yupqa, seret, sersuv, mazasi yoqimli. Sent.ning oxirida pishadi. Tarkibida 22—23% qand, 6,5—7,5 mg% kislota bor. Gektaridan 400—500 s gacha hosil beradi. Toshkent, Samarqand viloyatlarida ekiladi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, vinolar tayyorlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |