Kontent qismiga oʻtish

Yursinboy Joʻrayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Jo'rayev Yursinboydan yoʻnaltirildi)

Yursinboy Joʻrayev (1944.10.4, Oltiariq tumani) — usta paxtakor, Oʻzbekiston Kahramoni (2000). Mehnat faoliyatini Oltiariq tumanidagi B. Otaqulov nomli jamoa xujaligi aʼzoligidan boshlagan (1960—64). Shu jamoa xoʻjaligida hisobchi (1964-70), brigada boshligʻi (1970-71), 1991 yildan bosh pudratchi. J. rahbarlik qilgan brigada uzok, yillar davomida paxtachilik va donchilikda dehqonchilikni ilmiy asosda olib borib muttasil yuqori koʻrsatkichlarga erishdi. 1999 yilda paxtadan 54 s/ga; 2000 yilda gʻalladan 60 s/ga hosil olishga erishdi. Mehnat faoliyati davomida koʻplab shogirdlar tarbiyaladi, respublikada qishloq xoʻjaligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etdi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil