Kontent qismiga oʻtish

Joʻka

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Jo`kadan yoʻnaltirildi)

Joʻka (Tilia) — joʻkadoshlar oilasiga mansub buta va daraxtlar turkumi. Oʻzbekistonda 9 turi oʻstiriladi. 3 turi — yirik bargli joʻka, mayda bargli joʻka va yuraksimon bargli joʻka dorivor hisoblanadi. Ular boʻyi 25 m gacha keladigan daraxtlardir. 300—400 yil usadi. Barglari uzun bandli, ketma-ket joylashgan. Gullari tarkibida efir moyi, S vitamin, karotin va b. moddalar bor. Quritilgan bargi va preparatlari terlatuvchi dori sifatida, shuningdek, damlamasi ogʻizni chayqash uchun ishlatiladi. Yogʻochi oq, yumshoq boʻlib, mebel, faner va b. tayyorlashda ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil