Kontent qismiga oʻtish

Joʻyi arziz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Jo`yi Arzizdan yoʻnaltirildi)

Joʻyi arziz (fors. — qoʻrgʻoshin ariq) — Afrosiyoʻbni suv bilan taʼminlagan qadimgi kanal. taxminan 8-asr oxiri — 9-asr boshlarida qurilgan. Joʻyi arziz pishiq gishtdan qurilib, ichki qismi qalay bilan qoplanganligi uchun tarixiy manbalarda „Joʻyi arziz“ nomi bilan tilga olinadi. Joʻyi arziz krldikdarini 1946 yilda arxeolog A. I. Terenojkin Samarkand dehqon bozorining roʻparasidan topgan. Joʻyi arziz kattaligi 59×40×9 sm, 42×42×9 sm, 28×49×9 sm, 36×49×9 sm lik pishiq gʻisht bilan kul aralash ohak qorishmasidan qurilgan. Samarqandni suv bilan taʼmin etishda muhim inshoot boʻlgan Joʻyi arzizni muhofaza qilishga alohida ahamiyat berilgan. Is-taxriyning (10-asr) yozishicha, bu inshootga yil davomida qarab turish otashparastlar zimmasiga yuklangan. Bu xizmatlari uchun ular jon soligʻidan ozod etilgan. Joʻyi arziz 1220-yil moʻgʻullar tomonidan vayron qilingach, Afrosiyob suvsiz qolib, xarobaga aylangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil