Kontent qismiga oʻtish

Yobu

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Jobudan yoʻnaltirildi)

Yobu, Jobu — oʻzbek urugʻi. Yo. qozoqlar tarkibida ham boʻlgan, tarqoq holda Zarafshonning oʻrta va quyi oqimi (Payariq, Pastdargʻom, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Gʻijduvon) da Qarshi choʻlida yashagan. Chorvachilik hamda dehqonchilik bilan shugʻullanishgan. Yo. avlodlari oʻzbek xalqi tarkibiga singib ketgan.[1]

Yabu, yobu, jabu — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan kichik urugʻlardan biri. 20-asrning boshlarida (hozirgi Pastdargʻom, Kattaqoʻrgʻon, Narpay, Gʻijduvon tumanlarida) hamda Qarshi choʻlida yashab, asosan, chorvachilik, soʻngra dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. 1926-yilgi aholi roʻyxati maʼlumotlariga koʻra, ular 4 mingga yaqin kishini tashkil etishgan.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil