Roʻzmat Jumaniyozov
Roʻzmat Jumaniyozov (1933.12.20 - Oʻrganch tumani — 2001.5.12) — xonanda, Oʻzbekiston xalq hofizi (1992). Xorazm maqom, suvora va b. mumtoz ashula yoʻllari ijrochisi. Hojixon va Nurmuhammad Boltayevlarning shogirdi. Yirik ashula va suvora yoʻllarini X. Otajonov, Q. Hojiyevlardan oʻrgandi. Xorazm viloyati teatrida aktyor, yakkaxop ashulachi sifatida bir necha obrazlar yaratgan. Urganch shahar madaniyat uyida maqomchilar ansambli (1966—81), Oʻrganch tumani "Dilnavoz" ansambli (1981—88), Xorazm viloyati televideniye va radiosi qoshidagi "Maqom" ansambli (1988 y.dan) rahbari. Kuchli va keng hajmdagi ovoz sohibi. Eski anʼanalarga koʻra dutor joʻrligida hamda torni tanbur uslubida chalib aytishga odatlangan. Ovoz imkoniyatlaridan foydalanib yirik avjlarda ikki-uch jumlani bir nafasda aytish, usul va kuy qochirimlarini mohirona oʻynatish J. uslubiga xosdir. "Rost", "Buzruk", "Navo" Xorazm maqomlari J. rahbarligida Respublika radio va televideniyesida yozib olingan (1989—90).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |