Juvangʻar
Qiyofa
(Jungʻardan yoʻnaltirildi)
Juvangʻar, Javongʻor, Jungʻar (turkiycha — chap qoʻl) — 1) moziyda Markaziy Osiyoda davlat tasarrufidagi yerlarning chap tomoni. Koʻchmanchi xalqlarda mamlakat va uning aholisini ikki qanotga oʻng va soʻlga taqsimlash qadimdan odat tusini olgan; 2) qoʻshinning soʻl qanoti. J. istilohi bu maʼnoda oʻzbek tiliga 13-asrning 30-y.larida oʻzlashgan. Chingizxon qoʻshini J.ining soni 62 ming askardan iborat boʻlgan. Temur va temuriylar qoʻshinida J.ga temuriyzodalar va atoqli lashkarboshilar qoʻmondonlik qilgan. Odatga koʻra, J. jangchisining barangʻarsan oʻrin olishi harbiy intizomni buzish deb baholangan. J. istilohi harbiy maʼnoda 20-asr boshigacha isteʼmolda boʻlgan. J. toponimik nom sifatida Jungʻariya atamasida saqlanib qolgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |