Vladimir Jurin
Vladimir Dmitriyevich Jurin (1891.4.5, hozirgi Tatariston Respublikasi Tetyushi sh. — 1962.19.8, Moskva) — gidrotexnik-muhandis, texnika fanlari dri (1945), prof. (1928), muhandislik-texnika xizmati generalmayori (1943). Turkistondagi irrigatsiya ishlari boshqarmasi (Moskva)da ishladi (1918—21). Mirzachoʻl va Chuy (Qirgʻiziston) vodiysini oʻzlashtirish loyihasida qatnashgan. Oʻrta Osiyo untining meliorativ-muhandislik fakultetida oʻqituvchi, dekan (1921—25). Uning tashabbusi va rahbarligida Toshkent sh.da tashkil qilingan Oʻrta Osiyodagi birinchi Suv xoʻjaligi tajriba-tadqiqot instituti (1932-yildan hozirgi V. D. Jurin nomidagi Oʻrta Osiyo irrigatsiya ilmiy tadqiqot institutima direktor (1926—30). 30-y.lardan Rossiyadagi yirik gidrouzel qurilishlarida rahbar lavozimlarida ishladi. Ilmiy ishlari irrigatsiya qurilishlarida gidromexanizatsiya usullarini qoʻllash, amaliy gidravlika, suv xoʻjaligi inshootlarini loyihalash masalalariga bagʻishlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |