Kontent qismiga oʻtish

Syuy beyxun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Jyu Peondan yoʻnaltirildi)

Syuy beyxun, Jyu Peon (1895.19.6, Szyansu provinsiyasi — 1953.26.9, Pekin) — xitoy rassomi, 20-asr Xitoy tasviriy sanʼatida yangi yoʻnalish asoschilaridan biri. Shanxayda (otasi Syuy Dachjandan) va 1919-yildan Parijda taʼlim olgan. Pekindagi Badiiyot akadimyasi markazi direktori va Umumxitoy adabiyoti va sanʼati assotsiatsiyasi raisi (1949—53). SB. "gullargullar", "odamlar" janrlarida, akvarel (qogʻoz, tush va boshqalar)da, Xitoyda birinchilardan boʻlib moyboʻyoqsa ijod qilgan; ijodida milliy badiiy anʼanalarni Yevropa realistik rang-tasviri yutuqlari bilan uygʻunlashtirdi, asarlarida mayin ishlangan shakllar kuchli va aniq chiziqlar bilan koʻshilib ketadi. S. B.ning tabiatni aks ettirgan asarlari ("Ot", 1930 va boshqalar) yorqin nafosati bilan ajralib tursa, janrli va tarixiy kompozitsiyalari ("Jangoh oʻylari" va boshqalar) qaqramonlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan, portretlari (mehnat aʼlochilari va milliy ozodlik armiyasi qahramonlari)ga oʻtkir ruh va ijtimoiy xususiyatlar xos.