Shamsiddin Kamoliddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shamsiddin Sirojiddin oʻg'li Kamoliddin
Tavalludi 1955
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi Sharqshunos-filolog-arabshunos, tarix fanlari doktori, professor

Shamsiddin Sirojiddin oʻg'li Kamoliddin  — 1955-yil 20-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining arab boʻlimini 1980-yil bitirgan. Sharqshunos-filolog-arabshunos, tarix fanlari doktori(1993-yil), professor(2020-yil)

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1973-1980-yillarda ToshDU talabasi;
  • 1977-1979-yillarda Jazoirda Arab Respublikasida tarjimon (oʻrindosh sifatida);
  • 1980-yildan OʻzFA SHIda kichik ilmiy xodim;
  • 1983-1985-yillar Liviya Arab Xalq Jamohiriyasida tarjimon (oʻrindosh sifatida);
  • 1986-yildan OʻzFA SHIda ilmiy xodim;
  • 1990-yilda Rossiya FA SHI da doktorant;
  • 1991-yildan OʻzFA SHIda katta ilmiy xodim va 1994-yil oxiridan yetakchi ilmiy xodim.
  • 1994-yilda Tosh DSHIda dotsent (oʻrindosh sifatida);
  • 1996-yildan Jumʼa al-Madjid arab madaniyati va yozma yodgorliklari Markazi (Dubay, BAA)da ilmiy xodimi.
  • 1997-2001-yillarda OʻzR IIV akademiyasida, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida professor, Strategic tadqiqotlar institutida bosh ilmiy xodim.
  • 2002-yildan OʻzFA Tarix institutida yetakchi ilmiy xodim.
  • 2004-2005-yillarda OʻzMU tarix fakultetida professor (oʻrindosh sifatida).
  • 2006-yilda TDPU tarix fakultetida professor.
  • 2007-yildan ToshDSHI da professor.
  • 2019-yildan TIQXMMI „Gumanitar fanlar“ kafedrasida professor.
  • 2022-yildan TDPU tarix fakultetida professor.


Ilmiy yoʻnalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy manbashunoslik, Oʻrta Osiyo tarixiy geografiyasi, Oʻrta Osiyoning Turk xoqonligi (VI asr oʻrtasi — VIII asr oʻrtasi) va Arab xalifaligi (VIII asr oʻrtasi — XIII asr boshi) davrlardagi tarixi.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1988-yilda OʻzFA SHI da „Kitab al-ansab“ Abu Saʼda Abd al-Karima ibn Muhammada as-Samʼani — kak istochnik po istorii i istorii kultury Sredney Azii" mavzusi boʻyicha dissertatsiya yoqlab, tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan.

1993-yilda OʻzFA SHI da „Istoricheskaya geografiya Toxaristana i Yujnogo Sogda po araboyazichnim istochnikam IX — nach. XIII vv.“ mavzusi boʻyicha dissertatsiya yoqlab, tarix fanlari doktori ilmiy darajasiga sazovor boʻlgan.

38 ta ilmiy monografiya, 8 ta risola, 300 ga yaqin ilmiy maqolalar va 45 ta ilmiy taqrizlar muallifi. 45 ta ilmiy toʻplamlarning mas’ul muharriri. Bu toʻplamlardan 2 tasi Yevropaning 8 ta tillariga tajima qilingan. Ayrim maqolalari arab,turk, turkman, xitoy va venger tillariga tarjima qilingan.

Oliy oʻquv yurtlarining talabalari uchun 10 ta oʻquv qoʻllanma va 2 ta darslik yozgan.

50 dan ortiq Xalqaro ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda maʼruzalar bilan ishtirok etgan (Toshkent, Samarqand, Termiz, Qarshi, Shahrisabz, Olma-Ota, Taroz, Turkiston, Bishkek, Issiq Koʻl, Ashgabat, Tbilisi, Kazan, Ufa, Simferopol, Istanbul, Ankara, Izmir, Diyar Bakir, Isfahon, Tehron, Dubay, Tunis, Qohira, Iskandariya, London, Cambridge, Nara, Zurich, Urumchi va h.k.).

Tahrir ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yildan „Moziydan sado“ (Toshkent), 2016-yildan :Vodiynoma" (Andijon), 2019-yildan „The Journal of Islamic Research“ (Ankara, Turkiya), 2020-yildan „InfoLib“ (Toshkent), „Journal of Emerging Technology and Innovative Research“ (Hindiston) jurnallarining tahririyat a‘zosi. 2011-yildan ""dan „Sogdiyskiy sbornik / The Sogdian Studies“, „Problemy drevney I srednevekovoy istorii Chacha“, 2016-yildan „Voprosy etnogeneza I etnicheskoy istorii narodov Sredney Azii“, 2022-yildan esa „Turkiston toʻplami / Turkestanskiy sbornik / The Turkistan Studies“ nomli xalqaro ilmiy toʻplamlarning asoschisi va masʼul muharriri.

Xalqaro mukofot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shayx Abd al-Aziz al-Baptinning „Imom al-Buxoriy avlodlariga“ nomli islom tadqiqotlari sohasidagi xalqaro mukofoti sovrindori (al-Kuvayt, 1999-yil).

Xalqaro aloqalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yildan The Islamic Manuscript Association (Cambridge universiteti, UK). 2012-yildan The Intarnational Society of the Arabic Papyrology (Leyden universiteti, Niderlandiya) xalqaro ilmiy jamiyatlarning aʼzosi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saint Andrews universiteti (Shotlandiya), Tokio Infirmatika instituti (Yaponiya), Zurich universiteti (Shvetsariya), Cambridge universiteti (Angliya), Gerda Henkel (Germaniya), TIKA (Turkiya), Xitoy FA Tarix Instituti (Pekin), Xalqaro Turk Akademiyasi (Qozogʻiston), Erasmus + (Yevropa Ittifoqi) ilmiy grantlariga sazovor boʻlgan. 3 ta chet el universitetlarining taklifiga binoan 4 ta maʼruza oʻqigan va 1 ta mahorat darsi bergan: — AQSh ning Michigan davlat universitetida maʼruza (2017-yil oktyabr); — Niderlandiyaning Leyden universitetida 2 ta maʼruza va 1 ta mahorat darsi (2018-yil aprel); — AQSh ning Kaliforniya (Devis) universitetida maʼruza (2018-yil avgust).

Asosiy ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitoblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kitab al-ansab“ Abu Saʼda ʻAbdalkarima ibn Muxammada as-Samʼani kak istochnik po istorii i istorii kulturi Sredney Azii. — Tashkent: Fan, 1993. — 184 s. (ISBN 5-648-02020-1)
  2. Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — nachala XIII vv. — Tashkent: Oʻzbekiston, 1996. — 422 s. (ISBN 5-640-02088-1)
  3. Ibn al-Asir. Al-Kamil fit-taʼrix. Izbrannie otrivki / Perevod s arabskogo, primechaniya i kommentarii P. G. Bulgakova. Dopolneniya k perevodu, primechaniyam i kommentariyam, vvedeniye i ukazateli Sh. S. Kamoliddina. — Tashkent: Uzbekistan, 2006. −560 s. (ISBN 5-640-02794-0) (www.ori.unizh.ch).
  4. Drevnetyurkskaya toponimiya Sredney Azii. — Tashkent: Shark, 2006. −192 s. (ISBN 978-9943-00-003-2) (www.turkicworld.com)
  5. Ancient Turkic Toponyms of the Middle Asia. Turkic Place-Names in Ancient and Medieval Textual Sources. Saarbrücken: Lambert Academic Publishing, 2010. 185 s. (ISBN 978-3-8383-9828-0).
  6. The Samanids. The First Local Islamic Dynasty in Central Asia. Saarbrücken: Lambert Academic Publishing, 2011. 480 s. (ISBN 978-3-8443-2098-5).
  7. Muxammad an-Narshaxi. Taʼrix-i Buxara. Istoriya Buxari / Vstupitelnaya statya D.Yu. Yusupovoy. Perevod kommentarii i primechaniya Sh. S.Kamoliddina. Arxeologo-topograficheskiy kommentariy Ye. G.Nekrasovoy. — Tashkent: SMI-ASIA, 2011. — 600 s. (ISBN 978-9943-17-036-0).
  8. Ibn Havqal. Surat al-ard. Yerning surati / Arab tilidan tarjima va izohlar muallifi Sh. S.Kamoliddin. — Toshkent: OʻzME Davlat ilmiy nashriyoti, 2011. −400 b. (ISBN 978-9943-07-134-6).
  9. Samanidi: Iz istorii gosudarstvennosti Uzbekistana v IX — X vv. -Saarbrücken: Lambert Academic Publishing, 2012. −464 s. (ISBN 978-3-8465-8302-9).
  10. Vselennaya, Zemlya i Chelovek v trudax Abu Rayxana Beruni: Analiticheskiy svod izbrannix tematicheskix fragmentov iz sochineniy Abu Rayxana Beruni. -Saarbrücken: Lambert Academic Publishing, 2012. −656 s. (ISBN 978-3-659-18965-4). — (P. G. Bulgakov bilan birga).