Kontent qismiga oʻtish

Kuzov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(KUZOVdan yoʻnaltirildi)

Kuzov - avtomobil yoki boshqa transport vositasining bir qismi, yoʻlovchilar va yuklarni joylashtirish uchun moʻljallangan. Kuzov avtomobilning ramkasiga biriktirilgan holda oʻrnatiladi. Ramkasiz yuk koʻtaruvchi transport vositalarida keng tarqalgan boʻlib, ular bir vaqtning oʻzida ramka vazifasini bajaradi. Avtomobilning barcha boshqa komponentlari va agregatlari ularga biriktiriladi.

Rivojlanish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avtomobilning shakli uning dizayniga, ishlatiladigan materiallariga va kuzovni ishlab chiqarish texnologiyasiga bogʻliq. Oʻz navbatida yangilanishlar yangi shakldagi texnikalarning paydo boʻlishi va bizni yangi texnologik usullar va yangi materiallarni izlashga majbur qiladi. Avtomobil tashqi korinishining rivojlanishiga ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsir koʻrsatadi va avtomobilning maxsus sifati tufayli uning dizayniga taʼsiri juda ham katta. Kuzovning chidamliligi uning korroziyaga qarshi qilib tayyorlanishi bilan bogʻliq boʻladi.

Yuk avtomobilida qoʻllanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuk mashinasi kuzov, haydovchi kabinasi va yuklash platformasidan iborat.

Yuk mashinalarida yuklarni tashish uchun moʻljallangan tarkibiy qism mavjud boʻlib, ushbu qisim korpus deb yurutiladi.

Maxsus texnologik qurilmalar yordamida chidamliligi yuqori boʻlgan yuk avtomobillari yaratilmoiqda.
Avtomobillarni yuk koʻtaruvchanlik boʻyicha tanlash quyidagicha boʻladi. Avtomobillar turi va modelini ularning yuk koʻtaruvchanliklari boi'yicha tanlash usuli ham bor. Bunday usul eng sodda usuldir. Transport vositasining yuk koʻtaruvchanligi kattasi har qanday tashish masofasida ham unumliroqdur. Chunki yuk koʻtaruvchanligi katta avtomobillarning ortish tushurish operatsiyasida turish vaqtlarining oʻsishi ularning yuk koʻtaruvchanligi oʻsishiga nisbatan har doim kam boʻadi. Oʻz navbatida yuk koʻtaruvchi avtokranlar yuk koʻtarish qobiliyatidan keluib chiqib tanlanadi. Takidlash joizki zirhli transport vositalari oʻz vazifalariga koʻra foydalaniladi.

Haydovchi bilan birgalikda, bir yoki bir nechta yoʻlovchi uchun moʻljallangan yuk mashinasining konstruktiv qismi kabina deb ataladi.

Kabina quyidagicha boʻlishi mumkin:

  • Dvigatelga nisbatan, dizaynga koʻra:
  • Kapotli kabina (dvigatel orqasidagi kabina), shu jumladan oldingi oʻqning orqasida, oldingi oʻqning ustidagi va oldingi oʻqning oldida dvigatelli variantlar;
  • dvigatel ustidagi kabina,
  • dvigatel oldidagi kabina (oddiy balandlikda yoki tushirilgan - avtokranlar va boshqa maxsus transport vositalari uchun),
  • kabinadagi oʻrindiqlar qatori soniga koʻra:
  • Bitta qator (yoki bitta);
  • Ikki qatorli (yoki ikkita);
  • Koʻp qatorli.

Yengil Avtomobillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerikaliklar birinchi boʻlib tizimli va maqsadli ravishda avtomobilning dizayni bilan shugʻullanishdi. 1926-yilda General Motors oʻzining avtomobillar dizayni bilab shugʻullanadigan guruhini yaratdi.Dizaynerlar tomonidan ishlab chiqilgan La Salle modeli chiqarildi. Uning muvaffaqiyati, zamondoshlari taʼkidlaganidek, dizaynerlik kasbiga katta oʻzgartirish kiritdi

Klassik tartib

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avtomobil tez rivojlandi. Dvigatel yoʻlovchilarni joylashtirish uchun juda noqulay joyni egalladi. Oldingi boshqariladigan gʻildiraklarning katta qanotlari orasida radiator old tomonda joylashgan, uni kelayotgan havo oqimi bilan sovutish uchun haydash gʻildiraklari orqada, bu avtomobilning tortishish xususiyatlarini yaxshilash uchun foydalidir. Konstruktiv nuqtai nazardan bunday tartib sxemasi juda oqilona boʻlib chiqdi. takomillashtirilib bugungi kungacha saqlanib qolgan va " klassik maket " deb nomlangan. Dvigatel, transmissiya shassi ramkaga biriktirilgan. Hamma narsa " shassi " deb nomlangan. Shassi korpussiz harakatlanishi va mavjud boʻlishi mumkin edi.

  • Avtomobil tartibi
  • Avtomobil kuzovlarining turlari