Kontent qismiga oʻtish

Kapan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kapan .dan yoʻnaltirildi)

Kapan (1938 yildan, 1990 y.gacha Kafan) — Armanistondagi shahar. Zangezur togʻi yon bagʻrida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 42,4 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari); Armaniston kon-ruda sanoatining markazi. Kapan atrofida mis rudasi qazib olinadi. Shaharda mis-ruda kombinati, yorugʻlik texnikasi ishlab chiqarish zavodi, trikotaj, mebel fabrikalari, oziqovqat sanoati korxonalari, oʻlkashunoslik muzeyi, teatr bor. Turizm rivojlanmoqda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil