Kontent qismiga oʻtish

Silva Kaputikyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kaputikyan Silva Barunakovnadan yoʻnaltirildi)
Silva Kaputikyan
Tavalludi 20-yanvar 1919
Vafoti 25-avgust 2006
Fuqaroligi First Republic of Armenia, SSSR va Armaniston

Kaputikyan Silva (Sirvard) Barunakovna (1919.01.20, Yerevan - 2006.08.26) — arman shoirasi. Birinchi sheʼriy toʻplami — "Shu kunlarda" (1945). "Zanga sohillarida" (1947), "Mening qarindoshlarim" (1951), "Oq yoʻl" (1954), "Samimiy suhbat" (1955), "Sheʼrlar" (1959), "Yarim yoʻldagi oʻylar" (1960), "Kutish vaqti" (1983), "Tashvishli yoʻllar" (1985) va b. sheʼriy hamda nasriy asarlar muallifi. Kaputikyan sheʼrlarida oddiy kishilarning qalb kechinmalari, sevgi iztiroblari, sadoqat tuygʻulari samimiyat bilan kuylangan ("Sevgi qoʻshiqlari", "Men va u", "Sadoqat" va boshqalar). "Karvonlar hamon yoʻlda" (1964), "Xaritalar yoki odamlar meridiani" (1976) romanlarida xorijdagi armanlar hayoti tasvirlangan. Kaputikyanning sheʼrlari Zulfiya tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. U oʻzbek shoirlari bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan.

  • Sheʼrlar, T., 1961.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil