Kontent qismiga oʻtish

Kenes Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Karimov Kenesdan yoʻnaltirildi)
Kenes Karimov
Kenes Aytmuratovich Karimov
 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati
Mansab davri
2020-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-avgust 1948-yil (1948-08-27) (76 yosh)
Chimboy tumani, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi
Kasbi qoraqalpoq tili va adabiyoti oʻqituvchisi
Maʼlumoti Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti

Kenes Aytmuratovich Karimov (1948-yil 27-avgust, Chimboy tumani) — jurnalist, shoir, yozuvchi va davlat arbobi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati. „Qoraqalpog‘iston xalq shoiri“, „Qoraqalpogʻiston Respublikasiga mehnati singan jurnalist“, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi“ faxriy unvonlari, “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan. Hozirda Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

U 1948-yil 27-avgustda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida tugʻilgan. 1975-yilda Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini (hozirgi Nukus davlat pedagogika instituti) tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi qoraqalpoq tili va adabiyoti oʻqituvchisi.

Mehnat faoliyatini 1967-yilda „Erkin Qaraqalpaqstan“ gazetasida boshlagan. Yillar davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi turli gazeta va teleradiokanallarda faoliyat yuritgan. Soʻng „Erkin Qaraqalpaqstan“ va „Vesti Karakalpakiya“ gezetalarining bosh muharrri lavozimida ishlagan. 1983-yildan Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi boʻlgan.

2020-yildan buyon Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati. 2011-yildan Qoraqalpogʻiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi raisi[1].

Kenes Karimov Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2022-yil iyul oyida yuz bergan holatlar va voqealarni oʻrganish boʻyicha Mustaqil komissiya aʼzosi.

Kenes Karimovning dastlabki sheʼrlari 60-yillarning oʻrtalaridan boshlab chop etila boshlagan.

She’riy to‘plamlari:

„Oraliqlar“ (1980)

„Vaqt minorasi“ (1982)

„Unutilgan yarim oy“ (1984)

„Oroldan keldim“ (1985)

„Mening derazalarim“ (1985)

„Ko‘nglim mulki“ (2005) nomli

„Ustyurt dostoni“ she’riy manzumasi

Nasriy kitoblari:

„Og‘abiy“ to‘rt romandan iborat roman-tetrologiyasi[2]

“Ulug‘ dasht bo‘rilari”

“Oqqapchiq”

“Xusumat”

“Zardusht”[3]

“Darvesh”

Kenes Karimovning bolalar uchun yozilgan „Oltin tanga“, „Ariq mergan“ pyesalari yosh tomoshabinlar teatr saxnasiga qoʻyildi.

U A. S. Pushkinning, A. Blok va Saadiyning asarlarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan.

Kenes Karimov 2004-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, 2013-yil Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri, 2015-yil „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan.

  1. „Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi“.
  2. „Kengesbay Karimov. Og‘abiy & Anvar Allamberganov. Roman haqida“ (2017-yil 7-oktyabr). 2023-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
  3. „Кенгесбой КАРИМОВ. ЗАРДУШТ“. 2023-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.