Kontent qismiga oʻtish

Pushti kishmish

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Karshir kishmishidan yoʻnaltirildi)

Pushti kishmish, Qizil kishmish, Pushti Yerevani, Vardagubi kishmish, Karshir kishmishi — oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Gʻarbiy Osiyoda yaratilgan. Oʻzbekistonga Armanistondan keltirilgan. Sharkay ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrtacha kattalikda yoki yirik, yumaloq, 3—5 boʻlmali, och yashil tusda, silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yirik, vazni 230—250 g, ayrimlari 1,0—1,5 kgkeladi, bandi qattiq, shakli silindrsimon (boʻyi 25, eni 15 sm), oʻrtachazich. Gʻujumi mayda (13x8 mm), yumaloq-oval, rangi pushti, baʼzan, toʻla pishganda qizil. Etdor, sershira, poʻsti yupqa. Tarkibida 24—27% qand, 5,2—6,4 g/l kombinata bor. Faol haro-rat yigʻindisi 3300° da 135—140 kunda pishadi. Hosildorligi 100—150 s/ga. Novdasi yaxshi yetiladi. Oidiumdan kam zararlanadi, sovuqqa chidami past. Asosan, yangiligida yeyiladi va mayiz qili-nadi. 1959-yildan Oʻzbekistonning barcha viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil