Kontent qismiga oʻtish

Mehnat gigiyenasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kasb gigiyenasidan yoʻnaltirildi)

Mehnat gigiyenasi, kasb gigiyenasi — gigiyenaning bir boʻlimi. Mehnat jarayonlari va ishlab chiqarish muhitining odam organizmiga taʼsirini oʻrganadi hamda qulay mehnat sharoitini yaratish va kasb kasalliklarining oldini olish uchun gigiyena meʼyorlari va tadbirlarini ishlab chiqadi. Har. qanday joydagi mehnat sharoitlari ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasiga va ish oʻrinlarida yaratiladigan sanitariyagigiyena sharo-itlariga bogʻliq. Jismoniy mehnat jarayonida, asosan, odam muskullariga, akdiy mehnatda esa asabiyruhiy tomondan zoʻr keladi.Texnika rivojlanib, ishlab chiqarish jarayonlari mukammalashgan sari jismoniy mehnat oʻrnini aqyaiy mehnat egalladi va aqliy mehnat jarayonlarini koʻproq oʻrganishga ehtiyoj tugʻildi. Mehnat gigiyenasining sanitariyagigiyena sharoitlari deganda ishlovchi kishining atrofidagi butun vaziyat, jumladan, unga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar, chang , shovkin, vibratsiya, ionlashtiruvchi nurlar, shuningdek, havo harorati, namligi, harakatning tezligi, xonalar yoki boshqa ish joyining yoritilishi, mikroorganizmlar koʻpkamligi va boshqa tushuniladi. Kishini muhofaza qilinadigan tegishli choralar koʻrilmasa, mana shu omillarning har biri yoki bir nechtasi birga salomatlikka ziyon yetkazadi. M.g . fanining asosiy vazifasi ham ana shu no-joʻya taʼsirlar oldini olishdan iborat. Mehnat sharoitlarini yaxshilash OʻzRda umumdavlat vazifasi hisoblanadi. "Oʻzbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisidagi nizom"ga muvofiq, M.g . sohasida davlat sanitariya nazoratining bajaradigan asosiy vazifasi sanitariya qonunlariga rioya qilinishini kuzatib borishdir (qarang Davlat sanitariya nazorati).

M.g .da nazorat olib borish uchun turli usullardan foydalaniladi. Shulardan asosiysi sanitariyagigiyena tekshiruvlaridir. Obhavoga tegishli omillar; havoning ifloslanish darajasi, vibratsiya, shovqin, radioaktiv nurlarni oʻlchash va boshqa ishlarda shu metod qoʻllanadi. Bundan tashqari, fiziologik, statistik hamda eksperimental tekshiruv usullari ham bor. M.g . ishlab chiqarish da odam organizmining fiziologik va biologik talablariga hammadan koʻra koʻproq muvofiq keladigan gigiyena normativlarini belgilab olish maqsadida organizm bilan ishlab chiqarish muhiti oʻrtasida boʻlib turadigan oʻzaro taʼsir qonuniyatlarini ham oʻrganadi. Mamlakatda joriy etilgan tartibqoidaga muvofiq, ishlab chiqarish omillarining birontasi ham yoʻl qoʻyiladigan normadan yoki eng katta konsentratsiyadan ortiq boʻlmasligi, ishlovchilar ularga cheksiz uzoq vaqt davomida yaqin yurganida omillar oʻsha odamlarga muayyan kasallik yoki sezilarli biror oʻzgarish paydo qilmasligi kerak. M.g . OʻzR Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan maxsus davlat normativlari, yoʻriqnoma va koʻrsatmalariga amal qilgan holda olib boriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil