Kontent qismiga oʻtish

Kasbitepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kasbidan yoʻnaltirildi)

Kasbitepa, Kasba, Kasbi — qadimgi Nasaf viloyatiga mansub shahar harobasi (mil. 1213-asrboshi). Qarshidan 35 km jan.-gʻarbda joylashgan. Kasbitepaning eng quyi arxeologik qatlamlari milodning boshlariga oid. Hududi taxminan 2 ga boʻlgan. 589-yil sosoniylar sarkardasi Bahrom Choʻbin turkiy qavmlar ustidan zafar qozonib Kasbitepa qalʼasini egallagan. Sosoniylarning Sugd bilan chegaradosh yerida qurilgan Kazbion qalʼasi arman manbalarida (5-asr) qayd etilgan. Mixail Magassonning fikricha, bu qalʼa Kasbitepa arki oʻrnida joylashgan. Arkning bal. 18 m, maydon 180x120 m ni tashkil qilgan. Uning atrofi devor bilan oʻralgan. Jan.sharq tomon choʻzilgan rabodning uz. 1 km.

Ilk oʻrta asr qalʼasi va qishlogʻi oʻrnida 1012-asrlarda Kasbitepa shahri rivojlangan. 10-asrda Kasbitepa shahri manbalarga koʻra, hatto Nasafdan ham ulkan boʻlgan. Shaharning jome masjidi, bozorlari boʻlib, hunarmandchilik, shahar atrofida dehqonchilik taraqqiy etgan. Kasbitepa Buxoro Nasaf-Termiz karvon yoʻlida joylashganligi tufayli yirik savdo markaziga aylangan. Moʻgʻullar istilosi (13-asr boshi) natijasida vayron boʻlgan. 17-asrda Kasbitepada kad. "sayyidlar" xonadoni yashagan. Kasbitepa oʻrnida keyinchalik Kasbitepa qishlogʻi vujudga kelgan. Kasbitepada Sulton Mir Haydar nomi bilan mashhur maqbaralarning katta majmuasi (11–12-asrlar) saqlangan.

  • L unina SB., Goroda Yujnogo Sogda v VIII–XII vv., T., 1984; Kamaliddinov Sh.S., Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX – nachala XIII vv., T., 1996.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil