Kontent qismiga oʻtish

Hilol

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Kechki hiloldan yoʻnaltirildi)

Hilol, kechki hilol — hiloldoshlarga mansub koʻp yillik oʻt turi. Poyasi yakka, oʻtkir, uch qirrali. Boʻyi 30—100 sm. Barglari yassi, toʻpguli soya-bonsimon, oʻzaro teng boʻlmagan nurlardan tashkil topgan, koʻpgulli, toʻpgulining ostida keng guloldi barglari bor. I yun - i yulda gullab, avgustda urugʻlaydi. Choʻl va adirlardagi nam va botqoq yerlar, daryo vodiylari, ariq boʻylari, sholipoyalar va sugʻoriladigan ekinlar orasida oʻsadi.