Kontent qismiga oʻtish

Omon Kekilov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Kekilov Omondan yoʻnaltirildi)

Omon Kekilov (1912.9.5, hozirgi Ashxobod tumani — 1974. 13.12, Ashxobod) — Turkmanistan xalq yozuvchisi (1967), adabiyotshunos olim. Asarlarida turkman xalqi hayoti, oʻzbek-turkman xalqlari doʻstligi, mehnati va kurashi aks etgan ("Doʻstlik daryosi", sheʼr; "Olgʻa", 1935; "Soʻnggi uchrashuv", 1940; "Oʻlim panjasida", 1942 dostonlari; "Sevgi" sheʼriy romani, 1—2-kitob, 1947—57 va b.). Bir qancha pyesalar muallifi. Adabiyotshunoslikka oid "Mullanafas" monografiyasi (1957), "Badiiy asarning tili haqida" (1942), "Adabiyot nazariyasi" kitobi (1961) va b. asarlari bor. "Buyuk lirik" monografiyasi (1969)da Navoiy anʼanalarining Mahtumquli ijodiga taʼsiri tadqiq etilgan. "Soʻz sanʼati" (1970) asari turkman adabiyotshunosligida muhim oʻrin tutadi. Hozrigi oʻzbek shoirlari, adabiyotshunos olimlari bilan ijodiy aloqada boʻlgan. Sheʼrlari, maqolalari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[1]

  1. "Kekilov Omon" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil