Kontent qismiga oʻtish

William Thomson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kelvin Uilyamdan yoʻnaltirildi)
William Thomson
inglizcha: William Thomson, 1st Baron Kelvin
Tavalludi 26-iyun 1824
Vafoti 17-dekabr 1907
Fuqaroligi United Kingdom of Great Britain and Ireland
Otasi James Thomson
Onasi Margaret Gardiner

Lord Kelvin yoki William Thompson, Baron Kelvin (inglizcha: William Thomson, 1st Baron Kelvin; 26-iyun 1824-yil, Belfast  – 17-dekabr 1907-yil, Largs, Glazgo yaqinida; Vestminstr abbatligida dafn etilgan) — ingliz fizigi, termodinamika va gazlar kinetjasi nazariyasi asoschilaridan biri. London qirollik jamiyati aʼzosi (1851-yildan) va prezidenti (1890—95). Kembrij universitetni tugatgan (1845).

Ilmiy xizmatlari uchun unga 1892-yilda baron Kelvin unvoni berilgan. Ilmiy ishlari fizika, matematika va texnikaning turli sohalariga oid. U tasvir olishning elektr usulini ishlab chiqqan (1845). Fizikaga mutlaq temperatura va uning nomi — Kelvin shkalasi nomi bilan ataluvchi termodinamik temperatura shkalasi tushunchalarini kiritgan (1848), Rudolf Clausius mustaqil ravishda termodinamikaning ikkinchi qonunini taʼriflagan (1851) va energiyaning sochilishi iborasini fanga kiritgan. Koinotning „issiqlik halokati“ gipotezasini aytgan. Termoelektr hodisalarnint termodinamik nazariyasini yaratgan, James Prescott Joule bilan birga Joule–Thomson effektini (1853—54), Thomson effektini kashf etgan (1856). 1870-yilda toʻyingan bugʻ elastikligining suyuqlik sirti shakliga bogʻliqligini aniqlagan. Thomsonning ilmiy ishlari, shuningdek, gidrodinamika, astrofizika, geofizikaning turli masalalariga oid. Ideal suyuqlikda sirkulyatsiyaning saqlanish qonunini yaratib, uyurmali harakat nazariyasiga asos solgan. Thomson koʻpgina kashfiyotlar qilgan: kvadrant va mutlaq elektrometrlar hamda dengiz asboblarini yaratgan; magnit kompasi, koʻzgu galvanometri va boshqa asboblarni mukammallashtirgan. Transatlantik kabel orqali telegraf aloqani uzatishni amalga oshirish qatnashchisi.[1]


U 1834-yilda Unversitet imtihonlaridan oʼtadi va dunyoning eng yosh talabasiga aylanadi.