Kontent qismiga oʻtish

Cambridge International Law Journal

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Cambridge International Law Journal
Sohasi huquq va qonunshunoslik
Davriyligi 1 yilda 4 marota nashr qilinadi
Nomining qisqartmasi Camb. Int. Law J.
Tili ingliz tili
Nashriyot (mamlakat) (Buyuk Britaniya)
Nashr tarixi "Cambridge Journal of International and Comparative Law" nomi bilan 2011-yilda nashr qilingan. Soʻngra jurnal nomi "Cambridge International Law Journal" nomi bilan bosib chiqarila boshlangan.

Veb-sayti: http://cjicl.org.uk

Cambridge International Law Journal – Creative Commons Attribution 3.0 litsenziyasi ostida nashr etilgan ochiq foydalanish uchun ekspertlar tomonidan koʻrib chiqilgan yuridik jurnal[1].

Jurnal 2011-yil 25-oktabrda Xalqaro Huquq boʻyicha Lauterpacht markazida uning ilk bosh muharrirlari va James Crawford tomonidan taqdim etilgan.[2]. Jurnal Kembrij universiteti talabalari tomonidan boshqariladi va tahrir qilinadi. Lekin Akademik Tadqiq Kengashi bilan birgalikda faoliyat olib boradi[3]. Bu universitet tomonidan tashkil qilingan huquq fakultetining ikkinchi jurnali[4].

Jurnal yil davomida toʻrtta sonda xalqaro huquq, qiyosiy huquq, Yevropa Ittifoqi huquqi va transmilliy huquq boʻyicha maqolalar, ish qaydlari va kitob sharhlarini nashr etadi (ikkita muntazam nashr, jurnal konferensiya hujjatlari toʻplami va Buyuk Britaniya Oliy sudi sharhi, ikkinchisi tahririyat tomonidan tuzilgan va Buyuk Britaniya Oliy sudining oʻtgan sud yilidagi ishini tahlil qiladi). Jurnal har yili xalqaro huquq boʻyicha konferensiya oʻtkazadi[5].

2011-yilda tashkil etilganidan beri jurnal oʻzining birinchi jildida uchta soni va ikkinchi jildida toʻrtta sonini nashr etgan. Ular xalqaro huquq va nizolarni hal qilish, Yevropa Ittifoqi huquqi, inson huquqlari va qiyosiy huquq kabi bir qator mavzularni qamrab olgan boʻlib, yosh va taniqli akademiklar uchun jurnaldagi nashrlar orqali bir-birlari bilan muloqot qilish uchun imkoniyat yaratadi[6]. Jurnal xalqaro va qiyosiy huquq sohasidagi taniqli olimlardan iborat akademik koʻrib chiqish kengashi bilan ikki tomonlama koʻrib chiqish jarayoniga ega[7]. Jurnalning dastlabki ikki jildida taniqli olimlar, taniqli amaliyotchilar va taniqli sudyalar, jumladan, Xalqaro sudning ser Christopher Greenwoodning bir qator maqolalari nashr etilgan.

Jurnalning katta moliyachisi Jeyms Krouford. Hozirgi bosh muharrirlari esa Daniel Klarri, Valentin Jeutner va Kemeron Maylsdir[8].

  1. Nguyen, Lan; O'Connor, Niall (June 2017). "Editorial". Cambridge International Law Journal 6 (1): 1–3. doi:10.4337/cilj.2017.01.00. 
  2. „cjicl.org.uk“. www.cjicl.org.uk.
  3. „cjicl.org.uk“. www.cjicl.org.uk.
  4. „Cambridge Journals Online - The Cambridge Law Journal“. cambridge.org.
  5. „cjicl.org.uk“. www.cjicl.org.uk.
  6. „Archive - CJICL“. CJICL. 2013-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-noyabr.
  7. „Review Board - CJICL“. CJICL. 2013-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-noyabr.
  8. „Editors 2013-2014 - CJICL“. CJICL. 2013-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 4-noyabr.