Kontent qismiga oʻtish

Iogann Kepler

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kepler Ioganndan yoʻnaltirildi)
Epitome astronomiae copernicanae, 1618

KEPLER (Kepler) Iogann (1571.27.12, Vaylder_Shtadt, Vyurgemberg 1630.15.11, Regensburg, Bavariya) — nemis astronomi va matematigi. Tyubingen akademiyasida tahsil olgan; oʻsha vaqtlari N. Kopernik asarlari bilan tanishib chiqqan. 1594-yildan Avstriyaning Grats shahrida matematika va astronomiya uqituvchisi. 1600-yildan Praga rasadxo-nasida T. Brage rahbarligida ishladi. K. Pragada optik asboblarning astro-nomiyaga tatbiqi va Quyosh tojiga ba-gʻishlangan "Viteloga qoʻshimchalar" (1604), oʻzi ixtiro qilgan teleskop haqidagi "Dioptrika" (1611) va boshqa asarlarini chop ettirdi. "Yangi astronomiya" asarida sayyoralar harakatiga oid dastlabki ikki qonunni ifodalab berdi. "Olam garmoniyasi" asarida (1619) esa 3-qonunni ham tavsiflab berdi (qarang Kepler qonunlari). "Kopernik astronomiyasini qisqartirish" asarida (1618-22) oʻzining 3 qonunini barcha sayyoralar harakati uchun, ayrimlari esa Oy va Yupiter yoʻldoshlari uchun ham oʻrinli degan toʻxtamga kelgan. K. 1627-yili "Rudolf jadvallari" asaridagi hisoblashlariga tayangan holda 1631-yilda Venera sayyorasi Quyosh diskidan oʻtishini aytib berdi. Matematika sohasida K.ning "Vino bochkalarining yangi stereometriyasi" asari mashhur boʻlib, unda integral hisob haqida boshlangʻich maʼlumotlarga duch kelinadi. K.ning logarifmlar nazariyasi va hisoblash usullariga oid bir qator ishlari maʼlum.

K.ning kashfiyotlari nazariy astronomiya taraqqiyotiga asos boʻldi.

  • Yeremeyeva A.N., Vidayushiyesya astronomi mira, M., 1966.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil