Kontent qismiga oʻtish

Kerbuloq (tuman)

Koordinatalari: 44°21′50.4″N 77°58′22.8″E / 44.364000°N 77.973000°E / 44.364000; 77.973000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Kerbuloq tumanidan yoʻnaltirildi)
Kerbuloq tumani
qozoqcha: Кербұлақ ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Almati viloyati
Maʼmuriy markazi Sarioʻzak
Asos solingan sanasi 1973-yil
Aholi (2013) 49,818[1] (10-oʻrin)
Zichligi 4,3 kishi./km²
Millatlar tarkibi

qozoqlar (84,82 %)
ruslar (11,36 %)
chechenlar (1,79 %)


tatarlar (0,53 %)[2][3]
Dinlar tarkibi musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 11,5 ming km² (8-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72840 [4]
Pochta indeksi 041100-041121[5]
Avtomobil raqami kodi B, 05
Rasmiy sayti http://www.aksuakimat.kz/
Xaritada
Kerbuloq tumani xaritada
44°21′50.4″N 77°58′22.8″E / 44.364000°N 77.973000°E / 44.364000; 77.973000

Kerbuloq tumani (qozoqcha: Кербұлақ ауданы) — Almati viloyatining markaziy qismida joylashgan. Yer maydoni 11,5 ming km2. 1973-yil tashkil topgan. Aholisi 49,8 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 4,3 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Sarioʻzak qishogʻi. 1997-yilgacha Taldiqoʻrgʻan viloyatining tarkibida boʻlib kelgan. Avvalgi Gvardiya va Kerbuloq tumanlari asosida 1997-yil qaytadan tashkil topib, hozirgi nomi bilan nomlanadi.

Tuman aholisi 49,8 ming kishi oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 4,3 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, milliy tarkibini quyidan koʻrishingizga boʻladi (2010)[2][3]:

  • qozoqlar — 44 015 kishi (84,82 %)
  • ruslar — 5 895 kishi (11,36 %)
  • chechenlar — 931 kishi (1,79 %)
  • tatarlar — 277 kishi (0,53 %)
  • ukrainlar — 166 kishi (0,32 %)
  • uygʻurlar — 162 kishi (0,31 %)
  • olmonlar — 103 kishi (0,20 %)
  • boshqalari — 345 kishi (0,66 %)
  • Jami — 51 894 kishi (100,00 %)

Tuman iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –10 – 15°С[6]. Qish oylarining ayrim kunlarida –37°С gacha pasayadi. Iyul oyining oʻrtacha harorati 22 – 24 °С; janubi-gʻarbdagi tekisliklarda ayrim kunlari 38 – 40°С gacha yuqori boʻladi. Yogʻingarchilikning gʻrtacha yillik miqdori tumanning gʻarbiy hududida 150 – 200 mm.dan sharqiy, shimoli-sharqida 650 – 800 mm.gacha.

Katta qishloqalri

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Sarioʻzak
  • Qoʻgʻali
  • Shanxanay
  • Qarashoʻqi
  • Qiziljar
  • Basshi
  • Joʻlaman
  • Qaragʻash
  • Qoʻyankoʻz