Atseton tanalar
Qiyofa
(Keton tanalardan yoʻnaltirildi)
Atseton tanalar — Keton tanalar — Roksimoy kislota, Atsetosirka kislota va atsetondan iborat moddalar guruhi. Ular oʻzaro yaqin munosabatda boʻladi. Yogʻ kislotalarning normal almashinuvi natijasida roksimoy kislota, uning oksidlanishidan atsetosirka kislota va bu kislotaning dekarboksillanishidan atseton hosil boʻladi. Normal sharoitda Atseton tanalar C02 gacha toʻla oksidlanib, organizmda ortiqcha toʻplanmaydi. Lekin baʼzi patologik holatlarda (qand kasalligida, och qolganda, isitma koʻtarilganda) jigarda glikogen kamayib, yogʻlarning oksidlanishi kuchayishi sababli qonda Atseton tanalar miqdori ortib ketadi va organizmni zaharlaydi. Atseton tanalar faqat siydik bilan emas, balki oʻpka orqali ham ajraladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil