Kontent qismiga oʻtish

Kibernetika instituti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Kibernetika Institutidan yoʻnaltirildi)

Kibernetika instituti, "Zamonaviy informatsion texnologiyalari" ilmiy texnika markazi qoshidagi Kibernetika instituti — kibernetika masalalari bilan shugʻullanadigan ilmiy muassasa. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomli Matematika institutida 1956-yil "Hisoblash texnikasi" boʻlimi tashkil etildi. Bu boʻlim qisqa vaqt ichida xalq xoʻjaligining muhim va zarur masasalarini yechishga kirishdi. 1959-yilda Oʻzbekistonda birinchi boʻlib "Ural1" EHM si ishga tushirildi. 1961-yilda "Hisoblash markazi" tashkil etilib, unda M-20 EHM si ishga tushirildi. 1963-yilda "Hisoblash markazi" Mexaniqa instituti tarkibiga kiritildi. 1966-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Hisoblash markazli Kibernetika instituti, 1978-yilda shu institut negizida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi "Kibernetika" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil qilindi. 2001-yildan birlashma "Zamonaviy informatsion texnologiyalari" ilmiy texnika markaziga aylantirildi. Markaz tarkibiga K. i., xoʻjalik hisobidagi "Algoritm" ilmiy tadqiqot instituti, Avtomatika va hisoblash texnikasi maxsus loyiha-konstruktorlik byurosi kiradi. Oʻtgan dvar mobaynida birlashmaning faol katnashuvi bilan 108 ta axborot-hisoblash markazlari yaratilgan, 200 dan ortiq avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari ishga tushirilgan, 400 dan ortiq EHM ishlatilgan. Institutda 100 dan ortiq fan doktori, 800 dan ortik, fan nomzodi tayyorlangan. Ilmiy yoʻnalishlari: yangi axborot texnologiyalarini yaratish; modellashtirish, boshqarish, sunʼiy tafakkur va algoritmlash muammolarini yechish. Institutda 17 laboratoriya ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi, 200 dan ziyod xodim faoliyat koʻrsatadi. Jumladan, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklaridan V. K- Qobulov, F. B. Abutaliyev, T. F. Bekmurodov, B. A. Bondaryonko, T. Boʻriyev, M.M. Komilov faoliyat koʻrsatmoqda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil