Kontent qismiga oʻtish

Pxenyan universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Asos solingan sanasi 1946-yil

Pxenyan universiteti, Kim Ir Sen nomidagi Pxenyan universiteti — KXDRdagi eng yirik oliy oʻquv yurti. 1946-yil tashkil etilgan. Universitetning bir nechta fakultetlari asosida 1948-yil Pxenyanda politexnika va tibbiyot institutlari, Sarivonda qishloq xoʻjaligi instituti tashkil etilgan. Tarix, falsafa, iqtisodiyot, huquq, filologiya, chet tillari va adabiyoti, geografiya, geologiya, fizika, matematika, kimyo, biologiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 16 mingga yaqin talaba taʼlim oladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil