Kontent qismiga oʻtish

Klermon-ferran

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Klermon-Ferrandan yoʻnaltirildi)

Klermon-ferran — Fransiyaning markaziy qismidagi shahar. Als daryosi vodiysida, Pyui-de-Dom departamentining maʼmuriy markazi va Overn tarixiy viloyatining bosh shahri. Aholisi 141 ming, shahar atrofi bilan 204,7 ming kishi (1999). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatda rezina buyumlar (avtomobil shinalari, poyabzal, texnik rezina va boshqalar) ishlab chiqarish ning yirik markazi. Metallsozlik, mashinasozlik, toʻqimachilik, poligrafiya, qogʻoz, kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. K.-F. — fransuz matematigi va fizigi B. Paskalning vatani. Un-t (1810-yildan), arxeologiya muzeyi bor. 11 —13-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Shahar yaqinida Ruayya balneologik kurorti joylashgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil