Kontent qismiga oʻtish

Huqna

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Klizmadan yoʻnaltirildi)

Huqna, klizma — toʻgʻri ichakka anusdan maxsus asbob yordamida suyuqlik (koʻpincha suv) yuborishdan ibo-rat tibbiy muolaja. Tozalovchi huqna (ichakdagi narsalarni chiqarib tashlash uchun qoʻllanadi), dori huqna va oziq huqna farq qiladi. Huqna faqat vrach koʻrsatmasiga muvofiq qilinadi, chunki baʼzi hollarda (appenditsit, ichak buralib qolishi va hokazo) u ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Huqna uchun maxsus noksimon rezina ballon (baʼzan maxsus qattiq uchlikli qisqichi yoki joʻm-ragi hamda uchligi bor rezina naychali voronka) qoʻllanadi, shuningdek, Esmarx krujkasidan foydalaniladi, unga suyuqlik bir meʼyorda borishi uchun joʻmrakcha, biriktirish naychasiga esa uchlik oʻrnatilgan. Tozalovchi huqna qabziyataa, oziqovqatdan zaharlanganda, meʼda-ichak yoʻlini va kichik chanoq aʼzolarini rentgenologik tekshirishdan, operatsiyadan, tugʻishdan, dori va oziq huqnadan oldin qoʻllanadi. Baʼzi bir davo huqnasi ayni vaqtda tozalovchi huqna funksiyasini ham oʻtaydi (mas, moychechak-li, gipertonik, yogʻli va boshqalar). Huqnaning taʼsiri suyuqlik miqdoriga, uning tezlik bilan bosim ostida yuborili-shiga bogʻliq. Katta yoshdagilar uchun oʻrtacha 1 l ga yaqin toza iliq suv kerak boʻladi. Suv yuborib qilinadigan tozalovchi huqna qabziyatda ichak shil-liq pardasini taʼsirlab, ichakning toʻlqinsimon harakati (peristalti-kasi)ni kuchaytiradi, natijada bemorning ichi keladi. Agar bemorning qimirlashi mumkin boʻlmasa uni chal-qancha yotqizib huqna qilinadi, bemorning ostiga tuvak qoʻyiladi. Qorip muskullari haddan tashqari tarang boʻlsa, huqna qilinayotganda bemor tizza va tirsaklariga tayanib turishi kerak. Huqna qilishdan oldin uchlikka vazelin yoki glitserin surtiladi. bemorni kleyonka solingan oʻrin chetiga chap yonboshi bilan yotqiziladi. Chap qoʻlning birinchi va ikkinchi barmoqlari yordamida dumba kerilib. oʻng qoʻl yordamida uchlik aylanma harakat bilan toʻgʻri ichakka 10—12 sm kirgiziladi. Huqnadan soʻng mumkin qadar 5—10 daqiqa hojatga chiqmay turgan maʼqul. Yogʻli huqna uchun oʻsimlik moyini 200 ml (bolalarga 30 — 50 ml) hajmida kechqurun yuboriladi. Bunda noksimon rezina ballon ishlatiladi. Dori huqna dori moddalarining ichak shilliq pardasiga taʼsir etishi va dorining organizmga ichak orqali soʻrilishi maqsadida qoʻllanadi. Dori moddalari 10 ml va undan oz miqdorda yuborilganda yaxshi soʻriladi. Dori huqna qilishdan oldin albatta tozalovchi huqna oʻtkazish kerak. Oziq Huqna — sunʼiy ovqatlantirishning bir turi. U organizmning suyuqlikka, osh tuziga va oz miqdorda boʻlsa-da, oziq moddalarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida qoʻllanadi. Oziq huqna uchun osh tuzining fiziologik (izotonik) eritmasi, 5 % li glyukoza eritmasi va aminokislo-talar eritmalaridan foydalaniladi. Bunday huqna tozalovchi huqnadan keyin qilinadi. Oziq huqna faqat vrach koʻrsatmasiga binoan davolash muassasalarida qoʻllanadi.