Kontent qismiga oʻtish

Koʻhak

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ko'hakdan yoʻnaltirildi)

Koʻhak (fors. — kichik togʻ) — Zarafshon tizmasidagi kichik togʻ, tepalik. Samarqand shahri yaqinidagi hozirgi Choʻponota tepaligining qad. nomi. Dastlab Yoqut Hamaviy, Istaxriy, Ibn Havqal asarlarida Jabali Koʻhak ("Koʻhak togʻi") nomi bilan tilga olingan. K. etagidan oqib oʻtgan Zarafshon daryosi ham oʻrta asrlarda shu tepalik nomi bilan K. daryosi (obi K., K. suyi) deb atalgan. Togʻdan chiqqan gil qadimdan kulolchilikda ishlatilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil