Kontent qismiga oʻtish

Koʻkamaron

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ko'kamarondan yoʻnaltirildi)

Koʻkamaron (Scutellaria immaculata Nevski) — yalpizdoshlar (labguldoshlar) oilasiga mansub sertuk yarim buta. Poyasi yotiq, yer ostki qismi yogʻochlanib, kaudeks hosil qiladi. Bir yillik poyalari 5—10 sm, sertuk, serbarg. Gullari 2,5—3 sm, och sariq, barg qoʻltigʻida gʻuj oʻrnashgan. Iyuniyulda gullaydi, mevasi avgust,— sentabrda pishadi. Toshkent, Samarqand va Fargʻona viloyatlaridagi togʻlarda oʻsadi. Yangiligida mol yeydi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil