Kontent qismiga oʻtish

Koʻkyoʻtal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'kyo'taldan yoʻnaltirildi)

Koʻkyoʻtal – oʻtkir antroponoz, havo-tomchi yoʻli bilan yuquvchi bakterial infektiya hisoblanadi. Harakterli belgisi pristupsimon, spazmatik yoʻtal. Nafas olish yoʻlining havfli kasalligi boʻlib 2 yoshdagi bolalarda ogʻir kechadi.

Qoʻzgʻatuvchisi – Bordatella pertussis aerob, kapsulali, grammanfiy tayoqcha bakteriyadir. Bakteriyalar koʻp miqdorda toksinlar ajratib chiqaradi va nafas yoʻllarining shilliq qavatini zararlaydi. Nafas yoʻllarining shilliq qavatida koʻpayadi, kasallik simptomlariga sabab boʻladi. 40 % hollarda kasallik oʻtkir bronhit tarzida kechishi mumkin.

Inkubatsion davri 7-14 kun, kasal 5 kunlik antibiotik terapiyadan soʻng izolyatsiya qilinishi kerak. Kasallik asosan 3 stadiyada kechadi: kataral, konvulsiya, desrement stadiyasi. Inkubatsion davrdan keyin grippsimon belgilar paydo boʻladi, yengil tana haroratinig koʻtarilishi kuzatiladi. Aksirish, quruq yoʻtal boshlanadi, bu davr 2 hafta davom etadi, oʻta yuqish darajasi yuqori boʻladi. Ikkinchi stadiyada yoʻtal hurujlari boshlanadi, harakterli koʻrinishi til tashqariga chiqishi kuzatiladi. yoʻtal natijasida tiniq shilliq ajrab chiqadi va qayt qilishi mumkin. Konvulsiya davri 2 haftadan 6 haftagacha davom etadi. Oxirgi davrda (stadium decrementi) yoʻtal hurujlari asta sekin kamaya boradi, 3 haftadan 6 haftagacha davom etadi. Antibiotiklar berilmasa 10 oygacha davom etishi mumkin, shu sababli 100 kun yoʻtal deb nomlangan. 6 oydan kichik koʻkrak yoshidagi bolalarda yoʻtal hurujlari apnoe bilan kuzatiladi, katta yoshdagi odamlarda faqat quruq yoʻtal kuzatiladi – bu kasallikning atipik kechishidir. Koʻkyoʻtal oʻpka shamollashiga, oʻrta quloq yalligʻlanishiga va ikkilamchi infektsiyalarga sabab boʻladi. Kuchli yoʻtal chov hamda kindik churralarini keltirib chiqaradi.

Koʻkyoʻtal (frans. cogueluche) -boʻgʻilib-boʻgʻilib yoʻtal tutishi bilan kechadigan oʻtkir yuqumli kasallik. Koʻpincha bolalarda uchraydi. Borde-Jangu tayoqchasi degan bakteriya qoʻzgʻatadi (uni kashf etgan belgiyalik J. Borde va fransiyalik O. Jangu nomidan). Havo-tomchi yoʻli orqali yuqadi. Kasal bola aksirganda, yoʻtalganda havoga tarqalgan shilliq tomchilaridagi Koʻkyoʻtal tayoqchasi sogʻlom bolaning nafas yoʻllari orqali organizmga kiradi.

K. qoʻzgʻatuvchisi bola organizmida 2— 15 kun davomida hech qanday kasallik alomatlarini paydo qilmasligi ham mumkin – bu inkubatsion davr. Keyinchalik bola bir oz yoʻtala boshlaydi, yoʻtal kun sayin zoʻraya boradi, harorati koʻtariladi, bola injiq boʻlib qoladi, yaxshi uxlay olmaydi, ishtahasi yoʻqoladi, bu – kataral davr boʻlib, 2 haftagacha davom etadi. Bolaning ahvoli asta-sekin yomonlasha boradi, ketma-ket qattiq yoʻtaladi va ikkinchi haftaning oxiri, uchinchi haftaning boshlariga kelib, xurujsimon yoʻtalga aylanadi, kasallik uchinchi davrga – spazmatik davrga oʻtadi, u 1—5 hafta davom etadi. Yoʻtal tutish davri kasallikning asosiy va doimiy alomati boʻlib, yoʻtal 2—3-marta qattiq yoʻtalish bilan boshlanadi, keyin tinmay ketma-ket kalta-kalta yoʻtalaveradi va nafasi ichga tushib ketib, tovush yorigʻi qisqarishi natijasida „gʻiyq“ degan tovush chiqadi. Yoʻtal tutganda bolaning yuzi avval qizarib, keyin koʻkaradi, koʻzi yoshlanib, unga qon quyilishi mumkin, tili osilib ketadi, boʻyin tomirlari boʻrtadi. Ozroq balgʻam koʻchishi va koʻpincha qayt qilish bilan yoʻtal tutishi toʻxtaydi. Yoʻtal tutgan paytida bolani koʻtarib olish yoki oʻtirgʻizib qoʻyish lozim, ogʻizda yigʻiladigan shilliq ajralishini kamaytirish uchun boshini sal oldinga engashtirib ushlab turish kerak. Yoʻtal tutmagan paytda bola oʻzini yaxshi sezadi. Bora-bora yoʻtal tutishi kamayadi, bolaning ruhi yengillashib, sogʻayish davri boshlanadi, budavr 1—3 hafta davom etadi. Bola kasallik boshlangan kunidan tortib 30 kungacha yuqumli hisoblanadi. K.ga qarshi ommaviy emlash tufayli K. ning yengilroq turi koʻproq uchraydi, bunda yoʻtal tutish davri juda yengil oʻtishi yoki yoʻtal tutmasligi ham mumkin. Emadigan va nimjon bolalarda K. ogʻirroq kechadi. K.ning ogʻir xilidan keyin koʻpincha burun qonashi, bronxit, zotiljam (aksari goʻdaklarda) kabi asoratlar kuzatiladi.

Diagnostikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻp hollarda 2 stadiyada tashhis qoʻyiladi. Differential diagnoz asosan broxial astma, sil, surunkali obstruktiv oʻpka kasalliklari bilan qilinadi.

Kun tartibiga rioya qilish, sof havodan bahramand boʻlish, oz-ozdan, lekin dam-badam toʻyimli ovqat berib turish tavsiya etiladi. Bemorni vrach davolaydi. K. bir umrga immunitet qoldiradi.[1]

Kataral yoki konvulsiya davrida 2 hafta erytxromiysin yoki makrolidlar gruppasiga kiruvchi preparatlar beriladi. Koʻkyoʻtalning oldini olish uchun profilaktik emlov qilinadi. Hozirgi kunda kombinatsiyalashgan emlov, yani koʻkyoʻtal, qoqshol, difteriya va poliomielitga qarshi emlov qilinadi[2].

Shu maqsadda AKDS (adsorbirlangan kukyoʻtal difteriya qoqshol) vaksinasi qoʻllanadi (bolalar 5, 6, 7 oyligida, keyin 1—2 yoshida va 6 yoshida vrach buyurganida emlanadi). Kasal boʻlmagan, lekin bemor bilan muloqotda boʻlgan bolalar maʼlum kungacha alohidalab qoʻyiladi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. ГРАМОТА.РУ – справочно-информационный интернет-портал «Русский язык» | Slovari | Proverka slova, 2015-02-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2013-03-22