Kontent qismiga oʻtish

Koʻmakchi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ko'makchidan yoʻnaltirildi)

Koʻmakchi — yordamchi soʻzlarning bir turi.Ko'makchi atash ma'nosiga ega emas va u hech qachon mustaqil bo'la olmaydi.So'zni so'zga bog'lab so'z birikmasi hosil qiladi. Gapda ot yoki õzlashgan soʻzlardan keyin kelib, vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon sintatik munosabatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Bilan va ga almashsa u vazifadosh bog'lovchi bo'ladi ko'makchi emas. Shunga koʻra, 2 guruhga boʻlinadi:

1) sof (asl) ko'makchilar;

2) funksional ko'makchilar (koʻmakchi vazifasida qoʻllanuvchi soʻzlar).

Sof ko'makchi mustaqil lugʻaviy maʼnolarini batamom yoʻqotgan yordamchi soʻz boʻlib, boshqa soʻzlar bilan birikkan holda turli munosabatlarni anglatadi: sayin, orqali, tufayli, yangligʻ, bilan va boshqa.

Funksional ko'makchi mustaqil maʼnoli soʻzlar boʻlib, maʼlum oʻrinlardagina koʻmakchi sifatida qoʻllanadi.

Funksional ko'makchining morfologik shakl va maʼno xususiyatiga koʻra turlari:

1) ot K. (tomon, yon, oʻrta va boshqalar);

2) sifat K. (boshqa, qarshi, tashqari va boshqalar);

3) feʼl K. (koʻra, qarab, buylab va boshqalar);

4) ravish K. (burun, avval, ilgari va boshqalar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil