Kontent qismiga oʻtish

Koʻmir konlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ko'mir konlaridan yoʻnaltirildi)

Koʻmir konlari — foydali qazilmalar sifatida tarkibida, asosan, koʻmir boʻlgan konlar. Koʻmir konlari tabiatda choʻkindi jinslardan hosil boʻlganligi tufayli yakka yoki bir necha qatlam shaklida uchraydi. Qatlam yoki qatlamlarning qalinligi, koʻmirning sifati, atrofidagi geologik sharoitlariga qarab Koʻmir konlarining umumiy geologik zahiralari balansdagi va balansdan tashqari zahiralarga ajratiladi. Geologiya-razvedka ishlari natijasida konning sharoitlari, chegaralari va, albatta, foydali qazilmaning sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida olinadigan qushimcha maʼlumotlar zahiralarni bir toi-fadan ikkinchisiga oʻtkazishga asos boʻladi. Xalq xoʻjaligi talablarini, zamonaviy texnologiya va texnika imkoniyatlarini kompleks iqtisodiy baxrlab, Koʻmir konlarining balansdagi zahiralari sanoat zahiralari toifasiga oʻtkaziladi va qazib olinadi. Qazib olish jarayonida geologik sharoitlar, qullaniladigan texnologik usullar va texnika vositalari imkoniyatidan kelib chiqib, koʻmirning bir qismi qazib olinmasdan yer ostida qoldiriladi va bu koʻrsatkich foydali qazilmani konda yoʻqotish va qazib chiqarish koeffitsiyentlari bilan baholanadi.

Koʻmirni konlardan qazib olishda ochiq, yer osti va kombivatsiyalashgan usullar qoʻllanadi. Ochiq usulda qazishning asosiy sharti — foydali qazilma qatlamlari yer yuzasiga yaqin joylashgan boʻlishi kerak, bu sharoitda karyer (koʻpincha Koʻmir konlarida — kesma)da yuqori quvvatli rotorli qazib olish kombaynlaridan foydalaniladi. Qatlamlar chuqurligi oshavergach, ochiq usulda qazib olingan koʻmirning hajmiga nisbatan puch togʻ jinslarining miqdori oshib boradi. Muayyan sharo-itlarda koʻmirni yer osti (shaxta) usulida qazib olish samaradorli boʻladi.

Baʼzi Koʻmir konlarida qatlam qanotlarining bir tomoni yer yuzasiga yaqin joylashib, hatto yuzaga chiqib qolish holdari ham uchraydi, lekin ularni yotish burchagi katta boʻlgani uchun tez chuqurlashadi, bunday sharoitlarda Koʻmir konlarining bir qismi ochiq usulda, qolgan chuqur-lashgan qismi esa yer osti usulida qazib olinadi.

Xiyla katta oʻlchamli yoki zahirali, uzluksiz yoki orol shaklida tarqalgan koʻmirli formatsiya maydonlari koʻmir xavzasi deb ataladi. Koʻmir havzalarining vujudga kelishi Yer poʻsti strukturasining rivojlanishiga, yaʼni sinekliza, chekka bukilma va boshqalarga bogʻliq. Masalan, Germaniyada mashhur Saar va Rur koʻmir havzalari, Hindistonda Jariya, Raniganj, Bokaro, Fransiyada Nor va Pade-Kale, Lotaringiya, Polshada Sileziya, Buyuk Britaniyada Janubiy Uels, Yorkshir va Lankashir, Chexiyada Ostrana-Karvina havzasi, Bolgariyada Bolqon havzasi, Avstraliyada Yangi Janubiy Uels, Kvinslend, AQShda Appalachi, Illinoys, Pensilvaniya, Michigan havzalari, Ukrainada Donetsk, Qozogʻistonda Qaragʻanda, Ekibastuz, Rossiyada Kuznetsk, Chelyabinsk, Pechora va boshqa Boʻlar orasida 7 tasi oʻta yirik — gigant koʻmir havzalari (har birining geologik zahirasi 500 mlrd. t dan oshadi) deb hisoblanadi: Toʻngus, Lena, Taymir, Kansk-Achinsk, Kuznetsk (Rossiyada), Alma-Amazona (Braziliyada) va Appalachi (AQShda). Yer yuzida 3600 dan koʻproq Koʻmir konlari va havzalari hisobga olingan boʻlsa, ulardan 220 tasida Koʻmir konlarining zahiralari 0,5 mlrd. t dan oshadi.

Jahonda eng koʻp koʻmir zahiralariga ega boʻlgan va koʻp miqdorda koʻmir qazib olinayotgan 9 mamlakat katoriga Xitoy, AQSH, Rossiya, Polsha, Germaniya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Avstraliya kiradi. Ularda har yili dunyo boʻyicha qazib olinayotgan koʻmirning oʻrta hisobda 87% qazib olinadi. Oʻzbekistonda aniqlangan (2000-yil) koʻmir zahiralari hajmi qariyb 2 mlrd. t. ni tashkil qiladi, mutaxassislar bashorati boʻyicha koʻmir zahiralari 5,7 mlrd. t dan oshadi. Kumir 3 kondan: Angren koʻmir koni, Shargʻun koʻmir koni va Boysun toshkoʻmir konidan qazib olinmoqda. Boʻlarning eng kattasi Angren koʻmir koni. Angrenda koʻmirning sanoat zahirasi 100 yildan koʻproq vaqtga yetadi. Kumir bilan birga kaolin ham olinadi. Oʻzbekiston bilan Germaniya "Kaolin" qoʻshma korxonasi yiliga 200 ming t sifatli kaolin chiqarmoqda.

Shargʻun va Boysun Koʻmir konlarida yiliga 80 va 10 ming t toshkoʻmir qazib olinmokda. Bu koʻmir metallurgiyada koks urniga qullanilishi mumkin. Konlarning zahiralari koʻp yillar mobaynida foydalanishni taʼminlaydi. Angren va Boysun Koʻmir konlarida olingan koʻmirdan aktiv koʻmir ishlab chiqarish muljallangan.

Koʻmirni qazib olishda bir qancha muammolar mavjud. Ulardan eng muhimi — atrof muhitga zarar yetkazmaslik choralarini koʻrish. Koʻmirni, ayniqsa, ochiq usulda qazib olishda puch togʻ jinslaridan juda koʻp miqdorda toʻkmalar, sunʼiy tepaliklar hosil boʻladi. Toʻkmalar tarkibidagi koʻmir qoldiqlari oʻz-oʻzidan yonish holdari boʻlib turadi, tuproq tarkibi oʻzgaradi. Yangi fan tarmogʻi — konchilik ekologiyasi hozirgi vaqtda landshaft rekultivatsiyasi muammolarini urganmokda. Agar yer yuzasida koʻl, daryo yoki aholi yashaydigan joy boʻlsa, oʻsha maydonda foydali qazilma olinmasdan qoldiriladi. Amalda suv havzasini quritish yoki aholi yashaydigan joyni koʻchirish holdari ham uchraydi. Masalan, Ohangaron daryosi loyihalashtirilgan karyer maydonini kesib utganligi tufayli daryo suvi konning jan. tomonidan oʻz. 5,5 km li tonnel orqali oʻtkazildi. Angren razreziga toʻgʻri kelgan eski qishloq xonadonlari ham koʻchiriladi.

Oʻzbekistonda foydalanishga topshirilmagan, lekin hisobga olingan va sanoat ahamiyatga ega Koʻmir konlari mavjud. Mas, Oltinsoy tumani hududida (Boysundan 50 km) bir qatlamli kon aniqdangan, qatlamning qalinligi 6,5 m gacha boʻlib, 500 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralari 20 mln t miqdorida baholangan. Shargʻundan 30 km masofada 6 qatlamdan iborat kon topilgan. Qatlamlarning qalinligi 1,0—10,3 m, 600 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralari 62 mln. t miqdorida baholangan. Fargʻona viloyatida qalinligi 2–6 m boʻlgan 2 katlamdan iborat kon aniqlangan, 500 m chuqurlikkacha joylashgan zahiralar hajmi — 84 mln. t.

Oʻzbekistondagi konlarning koʻmiri tarkibida oʻrtacha 0,5—2,5% oltingugurt, 8,5—20,0% kul boʻlib, 1 kg koʻmir 6500—7200 kkal issiqlik beradi.

  • Burchakov A. S. i dr., Texnologiya i mexanizatsiya podzemnoy razrabotki plastovix mestorojdeniy, M., 1989; Yermolov V. A. i dr., Mestorojdeniya poleznix iskopayemix, M., 2001.

Abdusattor Meliqulov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil