Kontent qismiga oʻtish

Monogeneyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Koʻp soʻrgʻichlilardan yoʻnaltirildi)

Monogeneyalar, monogenetik soʻrgʻichlilar, koʻp soʻrgʻichlilar (Monogenea) — yassi chuvalchanglar tipiga mansub sinf. Uzunligi 0,2— 3 sm. Ektoparazitlar. Asosan, baliklar terisi va jabralarida, baʼzan suvda va quruqlikda yashovchilar hamda sudralib yuruvchilar (toshbaqalar) ichki organlarida parazitlik qiladi. Tanasining keyingi qismida yopishuvchi diski bulib, unda turli xil yopishuv organlari (ilmoklar, klapanlarga uxshash soʻrgʻichlar) joylashgan. Ogzi tanasining oldingi qismida. Ichagi xaltasimon yoki shoxlangan. Ayirish sistemasi protonefridiy tipida, ayirish teshiklari tanasining 2 yonida. Germafrodit, qoʻshiluv organlari bor. Tu-xum qoʻyadi, baʼzan tirik tugʻadi. Odatda, nayel gallanmasdan koʻpayadi (baqa koʻp surgʻichlisi bundan mustasno). Erkin yashovchi lichinkasi 10—16 ilmoqchalar bilan qurollangan boʻlib, yangi xoʻjayinni zararlaydi. 200 ga yaqin turi maʼlum. Bir qancha turlari yosh baliqlarni zararlab, yoppasiga qirib yuboradi. M. baliqchilik xoʻjaliklariga katta ziyon keltiradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil