Kontent qismiga oʻtish

Koʻkrak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko‘krakdan yoʻnaltirildi)

Koʻkrak — gavdaning yuqori (insonda) yoki oldingi (koʻpchilik umurtqali hayvonlarda) qismi; yuqoridan toʻsh suyagi dastasining tepa qirrasi, birinchi qovurgʻalarning tepa yuzalari, orqadan birinchi koʻkrak umurtqalari, ikki yonboshdan 12-qovurgʻalar, oldindan toʻsh suyakning oʻsigʻi bilan chegaralib turadi. Koʻkrak tananing boʻyin bilan qorin boʻshligʻi oʻrtasidagi boʻlimi boʻlib, uni muskullar va teri qoplab olgan. Koʻkrak jismoniy mehnat va badan tarbiya bilan shugʻullangan odamlarda yaxshi rivojlangan. Bolalarda piramida shaklida, ayollarda erkaklarga nisbatan kaltaroq boʻladi[1].

Ayollarda koʻkrak bolalarini emizish uchun sut chiqaradigan sut bezlari vazifasini oʻtaydi[2]. Ayollar ham, erkaklar ham bir xil embriologik toʻqimalardan koʻkrak hosil qilishadi. Oʻsmirlik davrida estrogenlar oʻsish gormoni bilan birgalikda ayollarda koʻkrak rivojlanishiga olib keladi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Breast – Definition of breast by Merriam-Webster“. merriam-webster.com. 6-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-oktyabr 2015-yil.