Kontent qismiga oʻtish

Qoʻrgʻon (shahar)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ko‘rgandan yoʻnaltirildi)

Qoʻrgʻon (boshqirdcha: Ҡурған, ruscha: Курган)- Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1782-yildan), Koʻrgan viloyati markazi. Tobol daryosi sohilida. Koʻrgan tuguni. Aholisi 368,3 ming kishi (1998). Mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi, transport va boshqalar), kimyo, oziqovqat (goʻsht kombinati), yengil (trikotaj, tikuvchilik, poyabzal) sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, oʻlkashunoslik va badiiy muzeylar mavjud. Ko'rgan Gʻarbiy Sibirdagi eng qad. shaharlardan biri. Ruslar Sibirni egʻallash jarayonida 1662-yilda Saryovo Gorodishche istehkomini qurgan. Shahar 1782-yil gacha Saryova Sloboda deb atalgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil