Kontent qismiga oʻtish

Koʻrinma yulduz kattaligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ko‘rinma yulduz kattaligidan yoʻnaltirildi)

Koʻrinma yulduz kattaligi -fotometr yordamida oʻlchangan yulduzning yorugʻligini belgilovchi koʻrsatkich. Koʻrinma yulduz kattaligik. yulduzdan kelayotgan nurlanish oqimi yoki yulduz nuri yoritilganlik bilan logarifmik bogʻlanishga ega. Agar ikkita yulduzdan kelayotgan nurlanish oqimlari Fj va Gʻ2 boʻlsa, ularning Koʻrinma yulduz kattaligik. (t) ayirmasi oqimlar logarifmlari ayirmasidan 2,5-marta katta boʻladi. Bu bogʻlanishni ingliz astronomi Pogson taqlif etgan. Unga koʻra, birinchi kattalikdagi yulduz ikkinchi kattalikdagiga qaraganda 2,5-marta koʻp yoritadi. Koʻrinma yulduz kattaligik.ning bir necha tizimlari mavjud. Mas, hozirgi paytda keng qoʻllaniladigan elektrofotometr yordamida 3 xil rangda oʻlchanadigan Koʻrinma yulduz kattaligik.lar tizimi II, V, V(U — ultrabinafsha, V — koʻk va K — vizual). Koʻrinma yulduz kattaligik. shkalasini hisob boshi tanlangan (standant) yulduzlarga xalqaro kelishuviga asosan qiymat berish yoʻli bilan belgilangan. Mas, Qutb yulduzining vizual (V) nurlarda kattaligi 2,12 ga teng deb qabul qilingan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil