Kontent qismiga oʻtish

Koʻz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko‘zdan yoʻnaltirildi)
Odam koʻzi

Koʻz — koʻrish aʼzosi; umurtqasiz baʼzi hayvonlar (jumladan, hasharotlar, boshoyoqli mollyuskalar

Koʻz soqqasining oldingi qismida mugoʻz parda — dioptrik (yorugʻlikni singdiradigan) apparat, koʻz gavhari, suvsimon suyuqlik va shishasimon tana, shuningdek, akkomodatsiya uchun xizmat qiladigan kipriksimon tana va rangdor parda bor (bu parda tasvirni yorugʻ sezgir toʻr parda — retinaga oʻtkazadi). Koʻz soqqasining devori bir-biriga zich takalib turgan 3 ta pardadan iborat. Koʻzning tashqi — fibroz pardasi ikkiga boʻlinadi: orqada sklera yoki oqsil parda — eng qalin parda, u ta-yanch va himoya vazifasini oʻtaydi; oldinda mugoʻz parda — yaltiroq, gumbazcha shaklidagi parda oqsil parda doirasiga soat shishasidek joylashgan. Oq fibroz parda tagida qon tomirlarga boy tomirli parda joylashadi. U 3 qismdan iborat: rangdor parda — doira shaklida boʻlib, turli odamlarda koʻk, yashil, zangori, sariq, toʻq sariq va hatto qora rangda boʻladi, bu rangdor parda toʻqimasida joylashgan boʻyovchi modda (melanin)ga bogʻliq. Rangdor parda koʻzga jilo beradi. Agar melanin pigmenti boʻlmasa, Koʻz qizgʻish rangli boʻladi. Rangdor parda markazida dumaloq tyoshik bor, uni koʻz qorachigʻi deyiladi. Rangdor parda tarkibida qon tomirlar, nozik muskul tolalari boʻlib, ularning qisqaribyozilishi tufayli qorachiq kengayibtorayadi. U yorugʻda torayib, qorongʻida kengayib, koʻzga tushadigan nurlarni chegaralaydi.

Yorugʻ sezgir ichki parda — toʻr parda Koʻzning sezuvchi (retseptor) apparati boʻlib, 10 qanatdan tuzilgan; boʻlardan eng muhimi koʻrish hujayralari — tayoqcha va kolbacha hujayralar qanati yorugʻni sezishdan tashqari, rangni ham ajratadi. Toʻr parda markazidagi sariq dogʻ narsalarni miridan sirigacha ajratib, aniq koʻrishga imkon beradi. Sariq dogʻ yaqinidagi koʻr dogʻ — toʻr pardaning sezmaydigan qismidir. Toʻr pardadan nerv tolalari shu yerga (koʻr dogʻga) yigʻilib keladi va koʻrish nervini hosil qiladi. Bu nerv sklera orqali oʻtib, kalla boʻshligʻiga kiradi va ikkinchi koʻzning koʻrish nervi bilan kesishib, koʻrish yoʻlini hosil qiladi, bu yoʻl bosh miyaning ensa boʻlagigacha davom etadi. Bosh miyaning har bir yarim sharida ikkala Koʻzning koʻrish markazi bor.

Koʻz yoshi koʻz soqqasi va qovoqlarning shilliq pardasini namlab turadi. Qovoqlar 2 ta teri burmasidan iborat boʻlib, ichida zich biriktiruvchi toʻqima va Koʻzni yumuvchi doira muskullar bor. Qovoqlarning chetida kipriklar (yuqori qovokda 100—150 va pastki qovoqda 50—70) oʻsadi va yogʻ bezchalarining yoʻllari ochiladi, ularning yalligʻlanishi govmijja deb ataladi. Kipriklar Koʻzni yot jismlar (chang zarralari) tushishidan sakdaydi. Kipriklar notoʻgʻri oʻsganda shox parda shikastlanishi va kasallanishi mumkin (qarang Trixiaz, Koʻz kasalliklari, Koʻz shikastlanishi).

Koʻrish jarayoni tashqi dunyodagi narsalardan qaytadigan yoki sochiladigan yorugʻlik nurlarining Koʻzga taʼsir etishiga asoslanadi. Mohiyati shundan iboratki, tashqi dunyodagi narsalardan koʻzga keluvchi yorugʻlik nurlari koʻzning tiniq muhitlari (mugoʻz parda, suyuqlik, gavhar va shishasimon tana) orqali oʻtib va ularda sinib, toʻr pardaga toʻshadi va uning hujayralari (tayoqchalar va kolbachalar)da fotokimyoviy reaksiyani vujudga keltiradi (oʻsha hujayralarda yorugʻ sezgir moddalar parchalanadi), natijada yorugʻlik energiyasi nerv impulsi (qoʻzgʻalish)ga aylanadi, bu impuls toʻr pardadan bosh miyadagi koʻrish yoʻli orqali bosh miya poʻstlogʻining ensa qismlaridagi koʻrish markazlariga boradi, yorugʻlik taʼsirlari ana shu markazlarda muayyan obrazlar sifatida idrok etiladi. Kolbachalar kundoʻzi, tayoqchalar esa qosh qorayganda yoki tunda koʻradigan hujayralardir. Shunday koʻrish tufayli odam uzoqdagi miltillagan sham alangasidan tortib oftobga qadar turli miqdordagi yorugʻlikni idrok eta oladi. Koʻzning turli ravshanlikdagi yorugʻlikni idrok eta olishi Koʻz adaptatsiyasi deyiladi; Koʻz qorongʻida va yorugʻda koʻrishga moslasha oladi. Koʻzning koʻrish quvvati (oʻtkirligi) turli kishilarda turlicha; bu sariq dogʻ elementlarining xossalariga va boshqa sabablarga bogʻliq. U maxsus jadvallar yordamida tekshiriladi. Koʻzning qizil rangni ajrata olmasligi daltonizm deb ataladi.

Manabuni qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ham i dona M. H., Boltayeva
  • 3. Q., Koʻz kasalliklari, T., 1996.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil