Kontent qismiga oʻtish

Konyunktiva

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Konʼyunktivadan yoʻnaltirildi)

Konyunktiva (lotincha: conjunctivus — biriktiruvchi) — koʻz shilliq pardasi. Yuqori va pastki qovoqlarning ichki (koʻz soqqasiga qaragan) sathini va koʻzning oqsil (oq) pardasini bekitib turadi. Qovoqlar ust tomondan yupqa teri bilan, koʻzning ichki yuzasiga qaragan sathi esa shilliq parda — K. bilan qoplangan. K.lar ichkarida koʻz soqqasiga yopishadi. Yuqori qovoqning shilliq qavatida 30—40, pastki qovoqning ichki yuzasida 20—30 ta mayda koʻz yoshi bezchalari joylashgan. Ular ajratgan suyuqlik K.ni, shilliq parda sathini va koʻz muguz pardasini toʻxtovsiz namlab, qurib qolishdan sakdab turadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil