Kontent qismiga oʻtish

Koreyaning ikkiga boʻlinishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Koreyaning ikkiga bo'linishidan yoʻnaltirildi)
Janubiy Koreya bayrog ʻi
Shimoliy Koreya bayrogʻi

Koreyaning ikkiga boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy va Janubiy Koreya 70 yildan koʻproq vaqt davomida ikkiga boʻlingan holda kelmoqda, xoʻsh nega bu bir millat boʻlgan Korea ikkita mustaqil davlatga ajralgan? Koreya yarim oroli ikki kuchli davlatlar: Sovet Ittifoqi va AQSh oʻrtasida avj olgan Sovuq urushning'[1] qurboniga aylanib Shimoliy Koreya Sovet Ittifoqining, Janubiy Koreya esa toboro AQSHning taʼsir doirasiga tushub qolgan.

Janubiy Korea gerbi
Shimoliy Korea gerbi

Yagona Koreya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻlinishdan oldin asrlar davomida yarim orol sulolaviy qirolliklarning avlodlari tomonidan boshqariladigan yagona, birlashgan Koreya edi. 1905-yildagi rus-yapon urushidan keyin Yaponiya tomonidan bosib olingan va besh yil oʻtib rasman anneksiya qilingan Koreya 35 yil davomida yapon mustamlakachiligi ostida qolib ketadi va bu qaramlik,  Ikkinchi jahon[2] urushi tugagunga qadar, uning ikki davlatga boʻlinishi boshlanadigan vaqtgacha davom etdi.

Koreya nima uchun boʻlingan?

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1945-yil avgustida ikki ittifoqchi davlatlar „faqat nomiga“ (Robinson aytganidek[3]) Koreya yarim oroli ustidan nazoratni ikkiga boʻlishdi. Keyingi uch yil ichida (1945-48) Sovet Armiyasi va uning ishonchli kuchlari 38˚ shimoliy kenglikdagi yoki 38-paralleldan shimolda kommunistik rejim oʻrnatdilar. Bu chiziqdan Koreyaning janubda kommunistik rejimning oʻrnatilishini istamagn Qoʻshma Shtatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlashi natijasida harbiy hukumat tuzildi. Sovetlarning siyosiy tashviqoti Shimoliy Koreya ishchi va dehqon aholisining asosiy qismi orasida keng tarqalgan boʻlsa-da, koʻpchilik oʻrta sinf koreyslari bugungi kunda koreys aholisining aksariyati istiqomat qiladigan 38-paralleldan janubga qochib ketishadi. Shu bilan birga, Robinsonning soʻzlariga koʻra[4], janubdagi AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan rejim antikommunistik, kommunistik rejimga qarshi kurashganlarni qoʻllab-quvvatlagan. 1948-yilda Qoʻshma Shtatlar Koreya yarimorolning kelajagini aniqlash uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida barcha koreyslar uchun ovoz berishga chaqirdi[5]. Ovoz berishda Shimol ishtirok etishdan bosh tortgandan soʻng, Janub Seulda kuchli antikommunist Syngman Rheei boshchiligida oʻz hukumatini tuzdi. Shimol ham bunga javoban xuddi shunday javob berib, Pxenyan poytaxtida sobiq kommunistik partizan Kim Il-sung Koreya Xalq Demokratik Respublikasining (KXDR) birinchi bosh vaziri etib tayinladi.

Koreya urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shimoliy va Janubiy korea urushi davri askarlari
Shimoliy va Janubiy Korea urushi karikaturasi

Eng kamida 2,5 million odamni oʻldirgan Koreya urushi 1950-yildan 1953-yilga qadar davom etadi[6] AQSh harbiylari yarim orolning shimoliy yarmidagi qishloqlar, shaharlar bombardimon qilgani sababli  Shimoliy Koreyaning doimiy betarafligiga erishadi.


Keyingi oʻzgarishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarb bilan mustahkam aloqalar oʻrnatgan Janubiy Koreya iqtisodiyotni rivojlantirdi va soʻnggi oʻn yilliklarda toʻliq demokratik davlat boʻlish sari qadam tashladi. Shu bilan birga, Shimoliy Koreya yakkalanib qolgan, iqtisodiyoti nochor, ayniqsa 1990-yillarning boshlarida Sovet bloki parchalanganidan keyin ham[7] , iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan davlatga aylanib qolgan edi. Shimoliy Koreyaning yadroviy dasturni ishlab chiqish[8] boʻyicha saʼy-harakatlari Janubiy Koreya va uning ittifoqchilari, xususan, AQSh bilan keskinlikni kuchaytirdi.

Janubiy Korea

Janubiy Koreyaning amaldagi prezidenti Mun Chje In[9] davridagi diplomatiyadagi saʼy-harakatlarga qaramay, ikki Koreya oʻrtasidagi keskin kelishmovchiliklar 2018-yilgi Qishki  Olimpiya oʻyinlari arafasida toʻliq namoyon boʻldi. Janubiy koreyaliklar butun dunyodan sportchilarni qishki oʻyinlarda kutib olishni boshlaganlarida ham, Kim Chen Inning shimoldagi rejimi Pxenyanning tarixiy Kim Ir Sen maydonida harbiy parad oʻtkazdi. CNN xabariga koʻra[10] , mamlakatning toʻrtta raketasi Xvason-15 paradda namoyish etilgan, Kimdirlar balkonda tomosha qilib, hayratdan yoqa ushlagan.

  1. Historiy, World „The Arena Group“ (inglizcha). Cold War (8-may, 2013-yil). Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  2. World, news „World news“ (inglizcha). Why North Korea & South Korea Are Separated (8-may, 2013-yil). Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  3. Historiy, World „The Arena Group“ (ruscha). World War II (8-may, 2013-yil). Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  4. Historiy, World „The Arena Group“ (ruscha). World War II (8-may, 2013-yil). Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  5. History Learning, Site „History Learning Site“ (inglizcha). The United Nations and the Korean WarII (8-may, 2013-yil). Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  6. Britannica, Web „Britannica“ (inglizcha). Korean War (8-may, 2013-yil). Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  7. Stuwood, Web „Учебные материалы онлайн“ (ruscha). СССР в середине 1980-х - начале 1990-х гг (8-may, 2013-yil). Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  8. Ланцова Ирина, Сергеевна „Откритная Наука“ (ruscha). Ядерная программа Северной Кореи: история развития и современное состояние (8-may, 2013-yil). Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  9. RusTeam, Media „Мун Чжэ Ин“ (ruscha) (8-may, 2013-yil). Qaraldi: 24-may 2022-yil.
  10. Berlinger, Joshua „Kim Jong Un watches parade of North Korean tanks, missiles and troops“ (inglizcha) (8-fevral, 2018-yil). Qaraldi: 24-may 2022-yil.