Amakboy Kucharov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kucharov Amakboydan yoʻnaltirildi)

Amakboy Kucharov (1932.25.9, Forish tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1997). Toshkent pedagogika institutining kimyo-biol. fakultetini tugatgan (1964). 1957-yildan Sirdaryo tumanidagi 11-oʻrta maktab oʻqituvchisi, 1967-yildan direktori. K. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini maktabda amalga oshirish maqsadida bir qator tadbirlar ishlab chiqdi. Jumladan, maktabda oʻquvchilar bilimini baholashning koʻp balli tizimi joriy etildi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil