Kontent qismiga oʻtish

Kew Jaliens

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Kyu Jaliyensdan yoʻnaltirildi)
Kew Jaliens
Jaliens 2011-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kew Raffique Jaliens[1]
Tavallud sanasi 15-sentyabr 1978-yil (1978-09-15) (46 yosh)
Tavallud joyi Rotterdam, Niderlandiya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sagu Boys
Capelle
DCV
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997-1999 Sparta 68 (4)
1999-2004 Willem II 147 (4)
2004-2011 AZ 166 (5)
2011-2013 Wisła Kraków 46 (1)
2013-2015 Newcastle Jets 36 (3)
2015 Melbourne City 11 (1)
2018 Weston Workers Bears 6 (0)
Milliy terma jamoa
1998-1999 Niderlandiya U-21 11 (0)
2008 Niderlandiya Olimpiya 3 (0)
2006-2007 Niderlandiya 15 (1)
Boshqargan klublari
2016-2021 Weston Workers Bears (yordamchi)
2021-2022 Newcastle Jets FC Yoshlar (yordamchi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kew Raffique Jaliens (talaffuzi: Kyu Jaliyens; 1978-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kew Jaliens oʻz faoliyatini „Sparta“ da boshlagan. 1997-yil 25-mayda 18 yoshida ligadagi debyutida klubi bilan Groningen ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Keyingi 1997—1998-yilgi mavsumda Jaliens asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi. „Sparta“da 68 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Jaliens 1999-yilda Villem II bilan shartnoma imzoladi va 28-avgust kuni FC Den Boschga qarshi oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazdi. Oʻzining birinchi golini 2001-yilning 3-fevralida Twente Enschede klubiga qarshi oʻyinda kiritdi.

Kew Jaliens 2007-yilda.

2004-yilda Jaliens AZ bilan shartnoma imzoladi. 14-avgust kuni SC Heerenveen qarshi 1:1 hisobidagi durang oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazdi. AZ safidagi birinchi golini 2005-yilning 16-martida Vitesse Arnhemga qarshi oʻyinda kiritdi. 2007-yil iyul oyida AZ futbol direktori Marsel Brands bilan shartnomani 2012-yilgacha uzaytirdi. Jaliens klub bilan 2009-yilda Erediviziya va Gollandiya Superkubogini qoʻlga kiritdi

Wisła Kraków

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil 26-yanvarda Jaliens Polshaning Ekstraklasa jamoasi Wisła Kraków tekinga oʻtdi. Klub bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi[2]. Jaliens debyut mavsumida klub bilan Ekstraklasa chempionligini qoʻlga kiritdi.

Newcastle Jets

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 15-avgustda Jaliens Avstraliyaning Newcastle Jets klubi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[3]. 2014-yil 4-avgustda Jaliens Newcastle Jetsning 2014—2015-yilgi mavsumda jamoa sardori boʻlishligini maʼlum boʻldi[4].

Xabarlarga koʻra, 2014—2015-yilgi A-Liga mavsumining oʻrtalarida oʻyinchilar oʻrtasidagi nizo tufayli klub egasi Nathan Tinkler Jaliens bilan xayrlashdi.

Melbourne City

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Newcastle“dan ketganidan ikki hafta oʻtgach, Jaliens A-Ligadagi vakili Melbourne Cityga qisqa muddatli shartnoma asosida qoʻshildi[5]. Keyinchalik, Jaliens oʻzining sobiq jamoasi Melbourne Cityga qarshi oʻyinda gol urdi.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jaliens Gollandiya terma jamoasida

2006-yilda Jaliens Marko van Bastendan chaqiruv oldi va Ekvadorga qarshi oʻyinda milliy terma jamoa safida debyut qildi.

2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Jahon chempionati final bosqichi uchun Gollandiya terma jamoasining 23 kishilik tarkibiga kiritilgan. Jaliens Gollandiya terma jamoasi safida 10 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2-noyabr, 2014-yil[6]
Klub Mavsum Diviziya Liga Kubok Qitʼa Pley-oflar Jami
Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Sparta Rotterdam 1996—1997 Erediviziya 2 0 - - - 2 0
1997—1998 32 3 1 0 - - 33 3
1998—1999 32 0 4 1 - 4 0 40 1
1999—2000 2 1 2 0 - - 4 1
Sparta Rotterdamda jami 68 4 7 1 - 4 0 79 5
Willem II 1999—2000 Erediviziya 22 0 1 0 5 0 - 28 0
2000—2001 31 2 2 0 - - 33 2
2001—2002 29 0 3 0 - - 32 0
2002—2003 32 1 2 1 5 1 - 39 3
2003—2004 33 1 4 0 2 0 - 39 1
Willem IIda jami 147 4 12 1 12 1 - 171 6
AZ 2004—2005 Erediviziya 22 1 0 0 9 1 - 31 2
2005—2006 30 0 2 0 7 1 2 1 41 2
2006—2007 28 1 3 0 11 0 4 0 46 1
2007—2008 30 2 1 0 6 1 - 37 3
2008—2009 24 1 3 0 - - 27 1
2009—2010 24 0 2 0 5 0 - 31 0
2010—2011 8 0 3 0 7 1 - 18 1
AZda jami 166 5 14 0 45 4 6 1 231 10
Wisła Kraków 2010—2011 Ekstraklasa 12 0 2 0 - - 14 0
2011—2012 19 1 4 0 11 0 - 34 1
2012—2013 15 0 4 0 - - 19 0
Wisła Krakówda jami 46 1 10 0 11 0 - 67 1
Newcastle Jets 2013—2014 A-League 23 2 - - - 23 2
2014—2015 4 0 1 0 - - 5 0
Newcastle Jetsda jami 27 2 1 0 0 0 0 0 28 2
Jami faoliyati 454 16 44 2 68 5 10 1 576 24

Terma jamoada

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Terma jamoa Ishtirok Gollar
1998—1999 Niderlandiya U21 11 0
2008 Niderlandiya Olimpiada 3 0
2006—2007 Niderlandiya 15 1

AZ

  • Erediviziya: 2008—2009
  • Gollandiya Superkubogi: 2009-yil

Visla Wisła Kraków

  • Ekstraklasa: 2010—2011
  1. „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Netherlands“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Kew Jaliens nowym zawodnikiem Wisły“. wisla.krakow.pl. 2011-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-yanvar.
  3. „Newcastle Jets sign Kew Jaliens“. Football Federation Australia. 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-avgust.
  4. Laws. „Jaliens named Jets captain“. Football Federation Australia (2014-yil 4-avgust). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
  5. „Duff Diagnosis, Jaliens Signs“. Melbourne City FC (2015-yil 18-fevral). 2015-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-fevral.
  6. „Kew Jaliens » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 2017-yil 27-oktyabr.