Fuko Jan Bernar Leon
Fuko Jan Bernar Leon | |
---|---|
Tavalludi | 18-sentyabr 1819[1][2] |
Vafoti | 11-fevral 1868[1][2] |
Fuqaroligi | Fransiya |
FUKO (Foucault) Jan Bernar Leon (fransuzcha: Jean Bernard Léon Foucault; 1819.18.9 Parij 1868.11.2) - fransuz fizigi. Berlin FA, London Qirollik jamiyati aʼzosi. Peterburg Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1860). Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1865). Parij rasadxonasi fizigi (1855-yildan). Ilmiy ishlari optika, mexanika va elektromagnetizmga oid. Aylanma koʻzgu usuli (Fuko usuli) ni kashf qildi (1850). Mayatnik (Fuko mayatnigi) yordamida Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishini eksperimental tasdiqdadi (1851). Giroskop ixtiro qildi (1852). Yaxlit metall jismlarning induksion toklar (Fuko toklari) taʼsirida qizishini aniqladi va uni kamaytirish usullarini koʻrsatdi. Birinchi marta shisha koʻzgular yasashning aniq usulini yaratdi (1857), birinchi boʻlib nurlanish va yutilish chiziklari orasidagi bogʻlanishni aniqladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |