Lab balzami
Qiyofa
(Lablar uchun balzamdan yoʻnaltirildi)
Lab balzami shamoldan qurib qolgan yoki yorilgan lablarni yumshatish hamda gerpesni davolash uchun qoʻllaniladigan vositadir. Lablar uchun balsam tarkibida koʻpincha asal mumi yoki karnauba mumi, kamfora, lanolin, parafin, vazelin va boshqalar boʻladi.[1]
2019-yilda lab balzamlarining dunyo bozoridagi hajmi 660 million dollarni tashkil etdi. Kelgusi besh yil ichida bozor 7,3 % ga oʻsishi prognoz qilinmoqda va 2024-yilda 1010 million dollarga etadi.[2]
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mahsulot tarkibiga kiruvchi komponentlarga qarab, lablar uchun balzamning turli xil koʻrinishlari mavjud[3]:
- Lablar uchun UV filtrli balzam. Yozda yoki quyosh faolligi yuqori boʻlgan joylarda (masalan, changʻi kurortlarida) foydalanish kerak.
- Oziqlantiruvchi lab balzami. Undan qishda foydalangan maʼqul.
- Namlantiruvchi lab balzami. Qishda uni qoʻllash lablaringizning yorilishiga olib kelishi mumkin, chunki balzam juda tez soʻriladi.
- Shifobahsh lab balzami. Bu yumshatuvchi va antiseptik taʼsirga ega.
- Tarkibida tabiiy yogʻlar boʻlgan lab balzami. Bunday mahsulotning tarkibida kunjut moyi, babassu yogʻi, E va A vitaminlari boʻlishi mumkin, ular lablarning qurishini va yorilishini oldini oladi.
Ishlab chiqarish texnologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lab balzamini ishlab chiqarish bosqichlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi[4]:
- Xom ashyoni sifat koʻrsatkichlari boʻyicha tekshirish (kosmetika uchun qatʼiy xavfsizlik parametrlari oʻrnatiladi)
- Komponentlarni dozalash, eritish, aralashtirish (maxsus jihozlar va shartlar yordamida)
- Massani vakuumda qayta ishlash (pufakchalardan xalos qilish)
- Aralashmaning kristallanishi (ikki kun ichida sodir boʻladi)
- Erish
- Shakllantirish (balzamning umumiy massasini boʻlaklarga boʻlish, ularga kerakli shaklni berish)
- Qadoqlash (mahsulotni qutiga joylashtirish)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Candelilla Wax vs Beeswax vs Carnauba“. beerealhoney.com. Qaraldi: 2021-yil 10-noyabr.
- ↑ „Lip Balm Market Size 2021“. ktvn.com. 2021-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-noyabr.(Wayback Machine saytida 2021-11-10 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Types of lip balms. How to choose the right lip balm?“. pleasingcare.com. Qaraldi: 2021-yil 10-noyabr.
- ↑ „Cosmetic Process: Lipstick Synthesis“. slideshare.net. Qaraldi: 2021-yil 10-noyabr.[sayt ishlamaydi]