Kontent qismiga oʻtish

Linus Pauling

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Laynus Karl Polingdan yoʻnaltirildi)

Linus Carl Pauling (talaffuzi: Laynus Karl Poling; 1901.28.2, Portlend — 1994.19.8) — amerikalik fizik va kimyogar, jamo-at arbobi. Falsafa doktori (1925; Kaliforniya (1931), Stanford (1969—74) universitetlari professor, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi. Amerika kimyogarlar jamiyati raisi (1948-yildan). Kristall panjaralardagi „defekt struktura“ tipi tushunchasini joriy etgan. Amerikalik fi-zikkimyogar D. Slayter bilan birga mo-lekulalar strukturasini tasvirlash va oʻrganishning kvant-mexanik bogʻlar usulini ishlab chiqqan. Ksenon birikmalarini (XeF6 va XeFg) sintez qilish usulini koʻrsatib bergan (1933). Oqsillarni strukturaviy tahlil qilish usuliga asos solgan (J. D. Benal va U. L. Bregg bilan). Oqsil molekulasining a-spiral tuzilishini ifodalab bergan (R. Korn bilan). Kamkrnlik kasalligi (ane-miya)ning kelib chiqish sabablarini oʻrgangan. Dezoksirobonuklein kislota (DNK)ning 3 ta polidezoksiribonuk-leotid zanjirdan iborat gipotetik modelini ishlab chiqqan. Paguosh kon-ferensiyasi tashkilotchilaridan biri. Nobel mukofoti laureati (1954).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil