Lazar Rempel
Lazar Rempel | |
---|---|
Tavalludi | 6 (19) noyabr 1907 va 1907 |
Vafoti | 27-aprel 1992 va 1992 |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, SSSR va Rossiya |
Lazar Izrailevich Rempel (1907.7.11, Kishinyov – 1992, Moskva) – Markaziy Osiyo sanʼatshunosligi boʻicha yirik mutaxassis.
Sanʼatshunoslik doktori (1963), professor (1966). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1966). Moskva sanʼat universitetini tugatgan (1931). 1937-yildan Buxoro, Samarqand, Jambul muzeylarida, bir qancha arxeologik ekspeditsiyalarda qatnashib, Oʻrta Osiyo xalqlari sanʼati tarixini oʻrgangan. Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot instituti meʼmorlik, tasviriy va amaliy sanʼat boʻlimining mudiri (1954—84). Asosan, Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo sanʼati, meʼmorligi tarixini oʻrganishga bagʻishlangan asarlarida Oʻzbekiston meʼmorligi bezagi, tuzilishi tarixi va nazariyasi masalalarini yoritgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1966).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1924-yildan Lazar Rempel Simferopoldagi Taurida markaziy muzeyida stajyor, keyin tadqiqotchi va soʻngra boʻlim boshligʻi edi. 1928-yilda u Moskvaga boradi va 1931-yilda Moskva davlat sanʼat universitetini tugatadi. 1931—1933-yillarda Davlat sanʼat tarixi akademiyasining aspirant boʻlgan. Shu bilan birga, 1930—1931-yillarda Sharq madaniyati muzeyida, 1931—1934-yillarda Kommunistik akademiyasi Adabiyot va sanʼat institutida ilmiy xodim boʻlgan. 1934—1937-yillarda Butunjahon madaniyat institutida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1935—1936-yillarda Moskva falsafa, adabiyot va tarix institutida dars bergan.
L.Rempel talabalik yillaridayoq Oʻrta Osiyo sanʼatiga qiziqib qolgan va 1930-yilda oʻzining „Национальная архитектура в Средней Азии“ (Искусство в массы, 1930-yil, 8-son) nomli birinchi ilmiy asarini nashr etgan. Xuddi shu mavzudagi bir qator maqolalar: „Архитектура Ислама“ (Arxitektura akademiyasi, № 3, 1935 yil), „К итогам международного конгресса по иранскому искусству“ (Академия архитектуры, 1935 yil, № 6), „Мавзолей Измаила Саманида“ (Академия архитектуры, 1936-yil, 5-son), „Архитектура Хивы“ (Архитектура СССР, 9-son, 1936-yil). 1932-yilda u oʻzining birinchi monografiyasi „Живопись Советского Закавказья“ ni nashr etdi, uch yildan soʻng „Архитектура послевоенной Италии“ nashr etildi.
1937-yilda L. I. Rempelning turmush oʻrtogʻi sanʼatshunos T. V. Vyaznikovseva hibsga olindi va Rempelning oʻzi – vatan xoinining oilasi aʼzosi sifatida oʻsha yili Buxoroga surgun qilindi. Buxoroda 1937-yil iyulidan boshlab fotosuratchilik bilan shugʻullangan[1]. Soʻngra Buxoro muzeyida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1939—1948-yillarda Samarqand viloyati muzeyi ilmiy xodimi boʻlgan[2]. 1948-yilda Jambulga (Qozogʻiston) koʻchirilgandan soʻng oʻrta maktabda chizmachilik oʻqituvchisi va 1954-yilda reabilitatsiyasiga qadar Jambul viloyat muzeyi ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1954-yildan Toshkent shahrida yashagan. 1955-yildan Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik institutida arxitektura, tasviriy va amaliy sanʼat boʻlimi mudiri boʻlgan. Shu bilan birga, 1957—1961-yillarda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomchilik instituti (hozirgi M.Uygʻur nomidagi sanʼat instituti) professori, sanʼat tarixi va nazariyasi kafedrasi mudiri ham boʻlgan. Butun Oʻzbekiston boʻylab Buxoro, Fargʻona, Samarqand va boshqa shaharlarning qadimiy arxitekturasini, shu jumladan, respublikaning saqlanib qolgan barcha masjidlarini oʻrganish maqsadida bir qancha badiiy-tarixiy ekspeditsiyalar tashkil qilgan. 1990-yilda Rempel Moskvaga koʻchib ketgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Лазарь Израилевич Ремпель“. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „РЕМПЕЛЬ Лазарь Израилевич“. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pandjara. Arxitekturnie reshyotki i ix postroyeniye, T., 1957;
- Vidayushiyesya pamyatniki arxitekturi Uzbekistana, T., 1958 v soavtorstve);
- Vidayushiyesya pamyatniki izobrazitelnogo iskusstva Uzbekistana, T., 1960 (v soavtorstve);
- Arxitekturniy ornament Uzbekistana, T., 1961;
- Reznoy shtuk Afrasiaba, T., 1971 (v soavtorstve);
- Dalekoye i blizkoye, T., 1981.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |