Lids
Qiyofa
(Leedsdan yoʻnaltirildi)
Lids — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyada. Er daryosi sohilida. UestYorkshir grafligining maʼmuriy markazi. Aholisi 724 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Lids va avtomobil yoʻllarining yirik tuguni, kanal orqali Liverpul porti bilan bogʻlangan. Mamlakatning muhim sanoat markazlaridan. Mashinasozlik va tikuvchilik yetakchi sanoat tarmoqlari. Metallsozlik, jun, poligrafiya, mebel, kimyo, parfyumeriya, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Universitet, shahar muzeyi, kartinalar galereyasi va boshqa bor. Shahar ilk bor qoʻlyozmalarda VII asrda tilga olingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |