Legenda (xaritagrafiya)
Legenda (lotincha: Legenda — oʻqilishi kerak boʻlgan narsa), xaritagrafiyada — xarita mazmunini ochib beradigan barcha shartli belgilar va izohlar majmuasi. Legenda xaritaga olingan obʼyektning mantiqiy asosini ifoda etadi. Belgilarning ketma-ket joylashtirilishi, ularning oʻzaro bir-biriga muvofiqligi, shtrixli elementlar uchun ranglar gammasini toʻgʻri tanlab olish xaritada tasvirlanayotgan hodisa yoki jarayon tasnifiga mantiqan boʻysundirilgan boʻladi. Legenda asosiy xarita bilan uning ramkalari orasidagi boʻsh qolgan joylarda va undan tashqarida maqsadga muvofiq joylashtiriladi. Geografik atlaslar va koʻp varaqli xaritalarda Legenda alohida sahifada beriladi yoki risola holida ularga ilova qilinadi. Ad.: Salishev K. A., Kartografiya [3 izd.], M., 1990.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |