Kontent qismiga oʻtish

Leonid Jabotinskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Leonid Zhabotinskydan yoʻnaltirildi)
Leonid Jabotinskiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 28-yanvar 1938-yil
Sumi viloyati, USSR
Vafot sanasi 14-yanvar 2016-yil(2016-01-14)
(77 yoshda)
Zaporojye, Ukraina
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletika

Leonid Ivanovich Jabotinskiy (ukraincha: Леонiд Іванович Жаботинський; 1938-yil 28-yanvar — 2016-yil 14-yanvar) ukrainalik ogʻir atletikachi. Super ogʻir vazn toifasida 19 ta jahon rekordini oʻrnatgan. 1964 va 1968-yilgi olimpiya oʻyinlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgan[1][2].

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leonid Jabotinskiy Sumi viloyatining Uspenka qishlogʻida kazak oilasida tugʻilgan[3]. Uning otasi Ivan Filippovich sportchi boʻlsa-da, Leonid 1967-yilda bergan intervyusida bobosiga qiziqib sportni tanlaganini va ota-onasining hech biri yaxshi jismoniy formaga ega emasligini aytib oʻtgan[2]. Bolaligini Zaporojyeda oʻtkazgan. Ytti yillik oʻrta maktabni tugatgach, Xarkov traktor zavodida ishlagan va Qurolli Kuchlar sport jamiyatining Mixail Svetlichniy murabbiyligidagi ogʻir atletika klubida sport bilan shugʻullana boshlagan[2][3]. 1964-yilda Jabotinskiy Xarkov pedagogika institutini tamomlagan. 1970-yilda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini himoya qilgan. Sportdagi faoliyatini yakunlagandan soʻng, Sovet Armiyasidada ogʻir atletikachilarga ustozlik qilgan. 1991 yilda polkovnik unvonini olgan. 1987-1991-yillarda Madagaskarda harbiy maslahatchi va ogʻir atletika boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan. Shundan soʻng, Rossiyadagi birinchi xususiy oliy taʼlim muassasalaridan biri boʻlgan Moskva biznes va huquq institutining prorektori boʻlgan[1].

Leonid Jabotinskiy Raisa bilan turmush qurgan. Ruslan va Vilen ismli ikki oʻgʻli bor. Ikkalasi ham ogʻir atletikachi[4]. 2016-yil 14-yanvarda Ukrainaning Zaporijjya shahrida 77 yoshida vafot etgan[2][5].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jabotinskiy 1957-yilda Ukraina SSR chempionatida debyut qilgan va debyutidayoq bronza medalini qoʻlga kiritgan[2]. Oʻsha yilning oxirida Jabotinskiy Xarkov pedagogika institutiga oʻqishga kirgan va 1964-yilda oʻqishni tamomlagan. 1968-yilda Mexiko shahrida boʻlib oʻtgan yozgi olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimida SSSR bayroqdori boʻlgan. Boshqa mamlakatlar bayroqdorlari bayroq koʻtarish uchun ikki qoʻlidan foydalansa, Jabotinskiy davlati bayrogʻini bir qoʻlda koʻtarib chiqqan[2]. 1963-1974-yillar oraligʻida Leonid super ogʻir vazn toifasida 19 ta jahon rekordini oʻrnatgan. 1964 va 1968-yilgi olimpiadalarda oltin medallarni qoʻlga kiritgan[6][2]. 1965—1991-yillarda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzosi boʻlgan[manba kerak].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]