Kontent qismiga oʻtish

Lee Byung-hun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Li Byon Xondan yoʻnaltirildi)
Lee Byung-hun
koreyscha: 이병헌

Lee Byung-hun G.I. Joe: Retaliation filmining premyerasida
Tavalludi 12-iyul 1970-yil (1970-07-12) (54 yosh)
Fuqaroligi Janubiy Koreya
Kasbi Aktyor, qoʻshiqchi, model
Faoliyat yillari 1991-yildan beri
Turmush oʻrtogʻi Lee Min-jung
Bolalari Lee Joon-hoo
Mukofotlari Busan Film Critics Awards, 2000-yil
Veb-sayt http://www.leebyunghun.kr/

Lee Byung-hun (talaffuzi: Li Byon Xon; koreyscha: 이병헌 ; 1970-yil 12-iyul, Seul, Janubiy Koreya) — janubiy koreyalik aktyor.

Lee Byung-hunning otasi biznesmen, singlisi Lee Eun-hee esa 1997-yilgi Koreya goʻzali (Miss Koreya) unvoni sohibasi[1]. Hanyang universitetining fransuz adabiyoti fakultetini va Chung-Ang universitetining teatr va kino fakultetini tamomlagan. Lee Byung-hun ingliz, koreys, fransuz va xitoy tillarini biladi.

Faoliyati 1991-yilda boshlangan. KBS telekanali tomonidan tashkil etilgan isteʼdodlar koʻrigidagi ishtirokidan soʻng, u Asphalt My Hometown[en] teleserialida debyut qildi, 1995 -yilda esa Asphalt Man[en] va The Harmonium in My Memory[en] filmlarida ilk bor qatnashdi. Uning katta kinodagi muvaffaqiyati Joint Security Area filmi chiqqandan keyin sodir boʻldi. Film tijoriy muvaffaqiyatga erishdi va 2000-yilda mamlakatdagi eng yuqori daromad keltirgan filmga aylandi. Lee Byung-hun Busan Film Critics Awards marosimida eng yaxshi erkak aktyor nominatsiyasida gʻolib chiqdi[2].

Aktyor „Taqdir oʻyini“ (2003) va „Iris“ (2009) teleseriallarida bosh rollarni oʻynaganidan keyin keng shuhrat qozondi[3]. Shuningdek, u „Everybody Has Secrets“ (2004), „A Bittersweet Life“ (2005), „The Good, the Bad, the Weird“ (2008), „G. I. Joe: The Rise of Cobra“ (2009) „I Saw the Devil“ (2010), „Joint Security Area“ (2000), „G. I. Joe: Retaliation“ (2013), "RED 2" (2013), „Terminator Genisys“ (2015), „Kalmar oʻyini“ (2021) filmlarida rol oʻynagan.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 10-avgustda aktrisa Lee Min-jung bilan turmush qurgan[4].

Ularning Lee Joon-hoo ismli oʻgʻli bor (2015-yil 31-martda tugʻilgan)[5][6][7].

Yil Nomi Original nomi Rol
1995 f Who Drives Me Crazy 누가 나를 미치게 하는가 Lee Jong-du
1995 f Runaway 런어웨이 Lee Dong-ho
1996 f Kill the Love 그들만의 세상 Love
1997 f Elegy of the Earth 지상만가 Park Jong-man
1999 f The Harmonium in My Memory 내 마음의 풍금 Kang Soo-ha
2000 f Joint Security Area 공동경비구역 Lee Soo-hyeok
2001 f Bungee Jumping of Their Own 번지점프를 하다 Seo In-woo
2002 f Addicted 중독 Dae-jun
2003 s Taqdir o'yini 올인 Kim In Xa
2004 f Everybody Has Secrets 누구나 비밀은 있다 Choi Su-hyeon
2005 f A Bittersweet Life 달콤한 인생 Kim Sun-woo
2006 f Once in a Summer 그해 여름 Yun Suk-young
2007 f Hero HERO Kang Min-woo
2008 f The Good, the Bad, the Weird 좋은 놈, 나쁜 놈, 이상한 놈 Park Chang-yi
2009 f G.I. Joe: The Rise of Cobra G.I. Joe: The Rise of Cobra Thomas Arashikage / Storm Shadow
2009 f I Come with the Rain I Come with the Rain Su Dongpo
2009 s Iris IRIS Kim Hyun-jun
2010 f I Saw the Devil 악마를 보았다 Kim Soo-hyeon
2010 f The Influence 인플루언스 W
2012 f Masquerade 광해: 왕이 된 남자 King Gwanghae / Beggar Ha-sun
2013 f G.I. Joe: Retaliation G.I. Joe: Retaliation Thomas Arashikage / Storm Shadow
2013 f Red 2 Red 2 Han Cho-bai
2014 f Memories of the Sword 협녀: 칼의 기억 Deok-gi / Song Yoo-baek
2015 f Terminator Genisys Terminator Genisys T-1000[8]
2015 f Inside Men 내부자들 Ahn Sang-goo
2016 f The Magnificent Seven The Magnificent Seven Billy Rocks
2016 f Misconduct Misconduct "The Accountant"
2018 f Keys to the Heart 그것만이 내 세상 Jo-ha
2018 f Muhabbat quyoshi 미스터 션샤인 Chxve Yu Jin
2019 f Ashfall 백두산 Lee Joon-Pyeong
2020 f The Man Standing Next 남산의 부장들 Kim Jae-gyu
2021 f Emergency Declaration (film, 2021) 비상선언 Jae Hyuk
2021 s Kalmar o'yini 오징어게임 Xvan In Xo